2017 yilning 23 iyun kuni taxminan soat 20:10larda ötkazilgan tezkor tadbir davomida, Maftuna Raxmanberdiyeva (anketa ma'lumotlari özgartirilgan) Yakkasaroy tumani hududida joylaşgan xonadonda fohişaxona saqlab, 250.000 söm pul evaziga fuqaro «A» va «G» larga jinsiy aloqa qilişlari uçun şaroit yaratib berganligi aniqlangan. Bu haqda Toşkent IIBB xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan Yakkasaroy tumani IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Özbekiston Respublikasi JKning 131-moddasi 2-qismi (fohişaxona saqlaş) alomatlari bilan jinoyat iş qözğatilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.











