Bugun, 28 iyun soat 20:45 da Toşkent şahridagi «Yuksak» podstansiyasida nosozlik yuz berişi oqibatida poytaxtning Mirobod, Çilonzor va Yakkasaroy hamda Toşkent viloyatining Zangiota tumanlarining ayrim hududlarida elektr ta’minotida vaqtinça uziliş kelib çiqqani xabar qilingandi.
FVV xabariga köra, “svet” öçişi oqibatida Çilonzor tumanida joylaşgan Dream Park istirohat boğidagi «Çarxpalak» attraksionida qolib ketgan fuqarolar xavfsiz joyga tuşirib olingan.
Xabar qilinişiça, ayni paytda Energetika vazirligi hamda “Özbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ rahbariyati podstansiyada bölib, ular tomonidan nosozlikni tiklaş işlari nazoratga olingan.
Energetiklar tomonidan nosozlikni bartaraf etiş va barça iste’molçilarning elektr ta’minotini bosqiçma-bosqiç qayta tiklaş işlari davom ettirilmoqda.












