Poytaxtda Özbekiston Qizil yarim oy jamiyatining xalqaro hamkorligi mavzuiga bağişlangan matbuot anjumani bölib ötdi, deb xabar bermoqda ÖzA.
Qizil Xoç va Qizil yarim oy jamiyatlari xalqaro federatsiyasi prezidenti T.Konoye, Özbekiston Qizil yarim oy jamiyati raisi H.Karimov va boşqalar Özbekistonda aholini kuçli ijtimoiy himoya qiliş, salomatligini muhofazalaş, tibbiy madaniyatini yanada yuksaltiriş, turli favqulodda vaziyatlarda tezkor va malakali tibbiy xizmat körsatiş tizimini takomillaştirişga alohida e'tibor qaratilayotgani samarasida Özbekiston Qizil yarim oy jamiyatining xalqaro aloqalari kölami kengayib borayotganini ta'kidladi. Bugun jamiyatning hududiy va temir yöl mintaqaviy taşkilotlari, 191 tuman bölinmalari hamda 2 yarim mingta boşlanğiç taşkilotlarida 1 million 300 mingdan ortiq a'zo va 38 ming köngillilar bor. "Mehr-şafqat" xizmatidagi 200 ga yaqin patronaj hamşiralari har yili uç yarim ming yakka-yolğiz qariyalar va nogironlarga tibbiy xizmat körsatib kelmoqda.
Xalqaro ekspertlar Özbekiston Qizil yarim oy jamiyatining tibbiy-ijtimoiy faoliyatni tarğib qiliş, aholining sanitariyaga oid bilimlarini yuksaltiriş, ularda birinçi yordam körsatiş könikmasini mustahkamlaş, yuqumli kasalliklar profilaktikasi borasida tuşuntiriş işlari olib boriş, kam ta'minlangan oilalarga kömaklaşiş, onalik va bolalikni muhofaza qiliş yönalişlaridagi faoliyatini ijobiy baholamoqda. Jamiyat "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili" Davlat dasturi ijrosi doirasida joriy yilda 2 mingdan ortiq keksa otaxon va onaxonlarni patronaj xizmati bilan qamrab olmoqda. Bu maqsadlar uçun 123 million söm sarflanadi. Bundan taşqari, ambulator şaroitda davolanayotgan 4 mingdan ortiq qariyalar va nogironlar 100 million sömlik dori-darmon vositalari bilan ta'minlanadi.
Özbekiston Qizil yarim oy jamiyati 1995 yilda Qizil Xoç va Qizil yarim oy jamiyatlari xalqaro federatsiyasi a'zoligiga qabul qilingan.
Qizil Xoç va Qizil yarim oy jamiyatlari xalqaro federatsiyasi prezidenti Tadateru Konoye 29 iyun kuni Özbekiston Qizil yarim oy jamiyati faoliyati bilan tanişiş maqsadida mamlakatga keldi. Taşrif davomida Özbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qömitasi, Soğliqni saqlaş, Favqulodda vaziyatlar vazirliklarida uçraşuvlar ötkazdi. Mehmon poytaxtdagi Temuriylar tarixi davlat muzeyi eksponatlari bilan tanişdi.
Tadbirda Qizil Xoç va Qizil yarim oy jamiyatlari xalqaro federatsiyasi bilan hamkorlik holati, sönggi yillarda amalga oşirilgan yirik loyihalar va istiqboldagi vazifalar xususida ma'lumot berildi.








