Ostona şahrida bölib ötayotgan “Expo 2017” butunjahon körgazmasida 120 dan ortiq davlat va xalqaro taşkilotlar iştirok etmoqda. Bu yilgi xalqaro körgazma kelajak energiyalariga bağişlangan. Körgazma 10 sentabrga qadar davom etadi.

47 160 kv.m. hududni egallagan maydonda har bir davlatning pavilonini aylanib çiqişga bir kun yetmaydi. Özbekiston, Turkmaniston, Qozoğiston, Rossiya, Pokiston, Hindiston, Turkiya, Saudiya Arabistoni, Qatar, Yaponiya, Fransiya, Gruziya, Misr pavilonlarida böldim. Janubiy Koreya, Xitoy, Britaniya, AQŞ, BAA, Germaniya davlatlari pavilonida navbat uzunligi uçun kirolmadim. Eng katta navbat markaziy pavilon — katta şar tarzidagi 8 qavatli binoga kiriş uçundir (Qozoğiston paviloni ham şu binoda joylaşgan). Qayerda katta navbat bölsa, demak öşa yerda qiziqarli nimadir bor. Bu haqda Ziyouz xabar berdi. 

Pavilonlar dizayni, eksponatlarni qay tarzda joylaşni davlatlarning özlari hal qilgan. Katta zalning u yer-bu yeriga eksponatlarni taşlab qöyganlar ham bor. Menga labirint şaklidagi, bir joydan kirib, ikkinçisidan çiqadigan pavilonlar yoqdi. Bu holatda tomoşabin har bir eksponat bilan tanişib çiqişga majbur böladi. Bu borada Rossiya, Turkiya, Fransiya pavilonlari dizayni professional çiqqan.

Uşbu majmuani qurişga 1.5 mlrd $ (rasman, norasmiy 3 mlrd $) sarflangan.

Kim qanday çaqirmoqda?

Vaqt kam. Hamma eng yaxşilarni körgisi keladi. Aslida eng yaxşi reklama — körganlarning tavsiyalari. Unaqa reklama bölmasa-çi? Muxlislarni qanday çorlaş kerak?

Qozoq yoşlarida arablar va afrikaliklarga qiziqiş katta ekan. Bu geografiyaga mansub davlatlar pavilonlarida tirik manikenlar — milliy kiyimdagi yigitlar (ayollarni körmadim) hamma bilan rasmga tuşişmoqda. Hindiston, Pokiston va Afrika davlatlari baland musiqa va qöşiqlari bilan muxlis çaqirmoqdalar. Hindiston pavilonida esdaliklar bozori qaynamoqda. Rossiya, Fransiya, Yaponiya kabi davlatlar asosiy e'tiborni tarix, şu davlatning ilm-fanga qöşgan hissasi va asosiysi, kuç-quvvatini namoyiş etişga qaratgan. Ba'zi davlatlar asl mavzu qolib, turizm va hunarmandlikka asosiy e'tiborni qaratgan. Saudiya Arabistoni pavilonida namozxona ham bor.