Tunash uchun joy qidirish ilovasini o‘ylab topgan uysiz yiliga 115 ming dollar ishlaydi
Amerikalik uysiz-boshpanasiz yigitlardan biri ishga kirib, olti xonali sondan iborat pul ishlab topmoqda. Dollarda, albatta. Bunday kutilmagan boylikka u uysiz insonlar uchun mo‘ljallangan, mobil telefonlar uchun maxsus ilovani yaratish orqasidan erishdi.
O‘zining oldingi ish joyidan bo‘shagach, Preston Fan jonajon Sietlini tark etib, San-Frantsiskoga — yirik texnologik kompaniyalardan biriga ishga kirish umidida boradi. Biroq, yigitchaning yonida puli kamroq, begona shaharda esa tanishlari yo‘q edi, shu sababli u boshpanasiz insonlar uchun mo‘ljallangan yotoq joylarida tunashga majbur bo‘ladi.
Bir muddat u qo‘riqchi bo‘lib ishlaydi, bo‘sh vaqtida esa alkogolizmdan tuzatish kurslariga qatnaydi. Aksariyat hollarda u uysizlar uchun mo‘ljallangan boshpanalarda bo‘sh karovat topa olmaydi, shundan so‘ng unda bu jarayonni osonlashtirish g‘oyasi paydo bo‘ladi.
Fan o‘z g‘oyasini uysizlar uchun mahalliy muvofiqlashtiruvchi markazga bayon qiladi, lekin ular uning taklifini rad etishadi. Biroq bu ham uni to‘xtata olmaydi. Alkogolizmdan qutilish kurslaridan birida u Linkedin kompaniyasi vakillarini uchratib qoladi va dardini ularga yoradi. Bunga javoban u kompaniyaga ishga qabul qilingani, korxona hisobidan uy-joy va yiliga 115 ming dollar maosh bilan ta'minlanganini eshitadi.
Preston Fan kompaniyada apreldan boshlab ishlamoqda, biroq hanuzgacha o‘zining ilk topilmasi — uysizlar uchun ilovani unutgani yo‘q. Uning fikricha, garchi shahar meriyasi bu g‘oyani rad etgan bo‘lsa-da, u uysizlarga juda katta yordam bergan bo‘lar edi. Fanning qat'iyatliligi kishini hayratga soladi: nahotki u uy-joysiz, nochor kishida smartfon bo‘lishi va u ilovani unga o‘rnatib olishga qodir deb o‘ylasa?
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” bilan Sharm-el-Sheyxga: hammaga mos keladigan ritm
O‘zbekiston | 17:00
-
«So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlarida avtomobil boshqargan o‘quvchilar aniqlandi
Jamiyat | 20:21
-
G7 sammiti va Trampning bojlari: muzokaralarda aniq natijalar ko‘rinmadi
Jahon | 20:02
-
"Ha – yo‘q" radioo‘yini muallifining armonlari
Jamiyat | 19:35
Mavzuga oid

20:02
G7 sammiti va Trampning bojlari: muzokaralarda aniq natijalar ko‘rinmadi

16:19
AQSh Moliya vazirligi Suriyaga qarshi sanksiyalar yumshatilganini e’lon qildi

15:47
AQShda bir sentlik tangalarni chiqarish to‘xtatiladi

11:54