Davlat departamenti jami 139 ta hukumat va Falastin ma’muriyatini tekşiruvdan ötkazdi. Ularning 73 tasi minimal talablarga mos kelgan. Baholanmagan 67 mamlakatdan 14 tasi sezilarli yaxşilanişni namoyiş eta olgan. Özbekiston bu guruhga kirmadi.

Amerika tomonini aynan nima qoniqtirmadi?

Hisobotning Özbekistonga oid qismiga köra, hukumat byudjet loyihasini, tasdiqlangan byudjetni va uning ijrosi töğrisidagi hisobotni öz vaqtida e’lon qilgan. Hujjatlar rejalaştirilgan daromad va xarajatlar haqida yetarliça töliq tasavvur bergan, xarajatlar vazirliklar kesimida taqsimlangan. Barça muhim byudjetdan taşqari hisobvaraqlar oşkor qilingan. Harbiy byudjet va razvedka byudjeti parlament yoki fuqarolik nazoratidan ötkazilgan.

Oliy audit organi xalqaro mustaqillik standartlariga mos kelgan va mazmunli xulosalarni e’lon qilgan. Tabiiy resurslarni qazib oliş uçun litsenziya beriş tartib-qoidalari qonunda belgilangan va umuman olganda, ularga rioya qilingan, bunday şartnomalar böyiça asosiy ma’lumotlar oçiq manbalarda mavjud bölgan. Suveren jamğarma huquqiy asosga ega bölgan.

Şu bilan birga, Davlat departamenti bir neçta asosiy kamçiliklarni körsatib ötdi:

  • qarz majburiyatlari, jumladan, yirik davlat korxonalarining qarzlari haqidagi töliq ma’lumotlar oşkor etilmagan;
  • xorijiy qarz oluvçilarga berilgan suveren kreditlar şartlari e’lon qilinmagan (bu mezon 2026-yilgi hisobotda paydo böldi);
  • tabiiy resurslardan olinadigan daromadlar töğrisida batafsil ma’lumotlar mavjud emas;
  • davlat xaridlari töğrisidagi mavjud ma’lumotlar e’lon qilinmagan.

Amerika tomoni tavsiya sifatida byudjetga davlat korxonalariga ötkazmalar haqidagi ma’lumotlarni kiritişni, qarz majburiyatlarini töliq oşkor qilişni, taşqi qarzlar şartlarini va xaridlar töğrisidagi axborotni e’lon qilişni taklif etmoqda.

Mintaqaviy kontekst

Markaziy Osiyoda bu boradagi manzara turliça. Qozoğiston va Qirğiziston minimal talablarni bajargan mamlakatlar qatoriga kirdi. Tojikiston va Turkmaniston esa, Özbekiston singari, baholaşdan öta olmadi.

Ötgan yilgi hisobotda Özbekiston byudjetdan taşqari hisobvaraqlarni oşkor qilgani uçun sezilarli yutuqqa erişgani qayd etilgan edi. 2026-yilda bu band bajarilgan bölsa-da, mezonlarning qat’iylaştirilişi hamda qarzlar va xaridlar böyiça kamçiliklar saqlanib qolayotgani mamlakatning talablarga javob beradigan guruhga ötişiga imkon bermadi.