Xorazm viloyati, Şovot tumani hokimi Töliboy Ötamuratov işdan olindi. Bu haqda Facebook ijtimoiy tarmoğidagi Xalq bilan muloqot guruhida ma'lum qilingan.

Xabar qilinişiça, hokim aholi murojaatlari bilan işlaşda sustkaşlikka yöl qöygani uçun lavozimidan ayrilgan.

Töliboy Ötamuratov 2014 yil sentabr oyidan beri tumani hokimi sifatida işlab kelayotgandi. 

«U iş davri mobaynida tumanda sanoatni rivojlantiriş, qişloq xöjaligi tadbirlarini amalga oşiriş, kiçik biznesni qöllab quvvatlaş, mahsulotlarni eksport qiliş masalalarida közga köringan natijalarga erişmadi.

Ötamuratov aholi murojaatlari bilan işlaşda kamçiliklarga yöl qöygan, çunki u keyingi vaqtda aholi muammolarini örganiş va hal etiş örniga ularni çetlab ötişga örgangan. Masalan, Şovot tumanida istiqomat qiluvçi aholidan bugungi kungaça jami 2 731ta murojaat kelib tuşgan bölib, uşbu murojaatlarning 933tasi Şovot tumani hokimligi vakolati bilan boğliq. Hokimlik tomonidan körib çiqilgan uşbu murojaatlardan atigi 35tasi ijobiy hal qilingan. Qolgan murojaatlarga umumiy mazmundagi tuşuntiriş beriş bilan çeklangan», deyiladi xabarda.

Ta'kidlanişiça, 8 iyun kuni prezident devoni Fuqarolar huquqlarini himoya qiliş, jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari bilan işlaşni nazorat qiliş va muvofiqlaştiriş xizmati rahbarligida Şovot tumanida respublika vazirlik va idoralar, viloyat mansabdor şaxslari iştirokida sayyor qabullar taşkil etildi va tumanning 50 nafardan ortiq fuqarosi bilan bevosita oçiq muloqot ötkazildi.

«Qabul davomida Şovot tumani hokimi murojaatlardan töliq xabardor emasligi, aholini qiynab kelayotgan muammoli masalalarni içiga kirmaganligi va ularni his etmaganligi ma'lum böldi. Fuqarolar dardini eşitadigan, Özbekiston Respublikasi prezidenti qöyayotgan va hozirgi zamon talabiga javob beradigan, yuqori axloqiy va ma'naviy fazilatlarga ega rahbar sifatida özini namoyon eta olmadi. Tuman aholisi bilan qöpol muomalada bölganligi holati sayyor qabul davomida yaqqol körindi.

Yuqoridagi kamçiliklari uçun Şovot tumani hokimi lavozimida işlab kelayotgan Ötamuratov Töliboy joriy yilning 5 iyul kuni tuman deputatlari kengaşining navbatdan taşqari sessiyasida öz lavozimidan ozod etildi», deyilgan xabarda.

Ötgan oyda Şörçi tumani hokimi xalq bilan işlay olmagani uçun işdan olingani haqida xabar berilgandi.

Samarqand viloyati hokimi nega işdan olindi?