12 iyun kuni Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Vazirlar Mahkamasining 2017 yil birinçi yarmida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş yakunlariga bağişlangan kengaytirilgan yiğilişini ötkazdi.

Yiğiliş davomida Himmat Oqbötayev Samarqand viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi.

Prezident hududlarni rivojlantiriş borasida davlat organlarining örni va mas'uliyati haqida söz yuritar ekan, ötgan haftada Samarqand viloyatiga taşrifi davomida (davlat rahbari 10 iyun kuni Samarqand viloyatida bölgandi) ayrim rahbarlarning befarqligi va harakatsizligi oqibatida bu hududda juda köplab jiddiy muammolar töplanib qolgani ma'lum bölganini qattiq tanqid qildi. Ayniqsa, viloyat hokimi va uning örinbosarlari, şahar va tumanlar hokimlari, viloyat idoralari rahbarlari örtasida amaliy va soğlom munosabatga putur yetgani Samarqandning bugungi taraqqiyotiga salbiy ta'sir körsatayotgani qayd etildi.

«Viloyat hokimining jamoatçilik va rahbarlar fikrini inobatga olmasdan iş tutişi, ijroçilar oldiga sayoz öylangan vazifa va topşiriqlarni qöyişi, unda jur'at va taşabbuskorlik, mas'uliyatni dadillik bilan öziga oliş fazilatlari yetişmasligi hozirgi vaqtda viloyatda öta jiddiy va dolzarb vazifalarni hal etiş imkonini bermayapti. Xalq bilan töğridan-töğri muloqot mavjud emas, ommaviy axborot vositalari bilan aloqalarda uziliş paydo bölgan», – deya qayd etgan prezident. 

Mirziyoyevning sözlariga köra, mazkur hududda barpo etilayotgan obektlarni quriş, investitsiya mablağlarini özlaştiriş işlari oqsamoqda, eksportga çiqariladigan mahalliy mahsulotlar hajmini köpaytiriş ta'minlanmayapti. 

«Şahar va tumanlarda obodonçilik, odamlar uçun qulay, toza-ozoda muhit yaratiş masalalari ham öz holiga taşlab qöyilgan. Viloyat moliya va soliq idoralari soliq bazasini kengaytiriş imkoniyatlarini izlaş va ularni töliq işga soliş işlari bilan yetarli darajada şuğullanmayapti. Ana şu muammolarni hal etiş, bu yölda butun Samarqand ahlini birlaştiriş va öz ortidan ergaştiriş uçun viloyat hokimi H.Oqbötayevda bilim va salohiyat, rahbarlik tajribasi yetişmadi», – deya qayd etgan Özbekiston rahbari. 

Himmat Oqbötayev 2016 yil 23 dekabridan viloyat hokimi lavozimida faoliyat körsatib kelayotgan edi. U boş vazir örinbosari hamda qişloq va suv xöjaligi vaziri lavozimiga tayinlangan Zoyir Mirzayev örnini egallagan edi.