3 iyul kuni Afğonistonda amerikalik harbiy xizmatçi jangovar amaliyot çoğida halok böldi. Bu haqda bugun Pentagon rasman xabar bergan.

"Birinçi toifadagi askar, Vasillalik (Alyaska ştati) 19 yoşli Hansen Kirkpatrik Afğonistonning Hilmand viloyatidagi jang vaqtida olingan jarohat tufayli vafot etdi", deyilgan xabarda.

Uşbu harbiy pistirmaga duç kelgani aytilgan.

3 iyul kuni Afğoniston janubida hukumat kuçlari va ittifoqçilar harbiylari iştirokida ötkazilgan amaliyot çoğida  «Tolibon»ning 40dan ortiq jangarisi yöq qilingani haqida xabar berilgandi.