Ba'zan shifokor tavsiyasini olish uchun soatlab “navbat” kutishga to‘g‘ri keladi. Ayrim xollarda kutganingizni foydasi ham bo‘lmaydi, chunki aslida Sizga boshqa mutaxassis kerak bo‘lgan…
Prezident Shavkat Mirziyoyevning "O‘zbekiston Respublikasi aholisiga 2017-2021 yillarda ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorida ham yuqori texnologik tibbiy yordamdan foydalanishga muhtoj bo‘lgan bemorlarning doimiy yangilanadigan yagona elektron bazasini tashkil etish, vrach qabuliga masofadan turib yozilish imkonini beruvchi elektron dastur joriy etilishini ta'minlash ko‘zda tutilgan.

Bu kabi innovatsiyalar ustida o‘zbekistonlik dasturlovchilar allaqachon ish boshlab yuborishgan. Bulardan biri, ikki yildan buyon 20 mingdan ziyod foydalanuvchilarni o‘ziga jalb qilgan, 70dan ortiq kasalxonalar bazasini yaratgan Askdoctor.uz mobil va internet ilovasidir. Poytaxtdagi yetakchi kasalxonalar va shifokorlarning konsultatsiyasini taqdim etuvchi yangi portal - AskDoctor.uz nafaqat shifokor tanlash va navbat kutishga sarflangan vaqt muammosini bartaraf etishga, balki tibbiy varaqadagi ma'lumotlarni xavfsiz saqlashga ham yordam beradi. Shuningdek, Toshkentdagi 70 dan ortiq tibbiy muassasalardagi chegirmalarni ham hadya qiladi.
Salomatlik bo‘yicha bepul maslahat
www.askdoctor.uz – bu bemor, shifokor va kasalxonalar uchun bepul onlayn portal bo‘lib, Askdoctor kompaniyasi tomonidan yarartilgan. Sayt o‘z o‘quvchilariga onlayn tarzda murojaat qilish uchun kasalxona yoki shifokor-mutaxassisni tanlash hamda boshlang‘ich tavsiyalarni olish imkonini taqdim etadi. Konsultatsiyalar bepul amalga oshiriladi.

Loyiha tashkilotchilarining qayd etishicha, AskDoctor mijoz va kasalxonaning vaqtini tejovchi onlayn-tizim bo‘lib, tezkorlik bilan sog‘liq haqidagi istalgan savolga javob olishga va yangi kasalxona hamda xizmatlar to‘g‘risida yanada ko‘proq ma'lumotlar bilishga imkon beradi.













