Haaga (Niderlandiya) şahridagi tergov hibsxonasi şifoxonasida Serbiya Respublikasi armiyasining sobiq qömondoni Ratko Mladiç 83 yoşda vafot etdi, deb xabar berdi Belgraddagi Informer telekanali.
1992–1995-yillardagi Bosniya uruşi paytida Mladiç Bosniya va Hersegovina poytaxti Sarayevoni uç yil davomida qamalda uşlab turgan serblar armiyasiga qömondonlik qilgan. Şunda 11 mingga yaqin odam halok bölgan edi.
1995-yil iyul oyida esa Srebrenitsa şahrida uning buyruği bilan beş kun içida 8 mingga yaqin bosniyalik, asosan musulmonlar öldirilgan - bu Ikkinçi jahon uruşidan keyin Yevropada sodir bölgan eng ommaviy qirğindir. Mladiç bu qirğinni uyuştirgani uçun «Bosniyalik qassob» laqabini oldi.
Uruş tugagaç, Mladiç qoçib ketdi va boşqa nom ostida yaşirinib yurdi. 2011-yil may oyida u Serbiyada hibsga olindi va tribunalga topşirildi.
2017-yilda Haaga tribunali Mladiçni genotsid va insoniyatga qarşi jinoyatlarda aybdor deb topib, umrbod ozodlikdan mahrum etiş jazosiga hukm qildi. U öz aybini tan olmay, «faqat öz xalqini himoya qilganini» aytgan.
Mladiç bir neça bor insultni boşdan keçirdi, 2024-yildan beri Haagadagi tergov hibsxonasining şifoxonasida bölib, u yerda palliativ yordam olayotgan edi. Uni Serbiyada davolaniş uçun vaqtinça ozod qiliş haqidagi iltimosnomalari bir neça bor rad etildi.











