Sinay toğlarida joylaşgan avliyo Yekaterina monastiri kutubxonaçilari topib olgan VI asrga oid qölyozmada «meditsina otasi», qadimgi yunon vraçi Hippokratning retseptlariga duç kelişdi. Bu topilma haqida Misrning qadimiy osori atiqalar vaziri Xolid al-Anoniy aytib ötgan. Uning sözlarini «Ahram Online» naşri keltirmoqda.

Qölyozma restavratsiya işlarini olib boriş davomida topilgan. Aniqlanişiça, tarixiy hujjatdan noma'lum muallif tomonidan yozib qoldirilgan Hippokratning tibbiy retseptlari va dorivor ösimliklarning suratlari örin olgan. Tadqiqotçilarning fikriça, u qadimiy «palmezitlar» — ikki qavat terilarga yozilgan qölyozmalar turiga mansub.

Qadimiy osori-atiqalar vazirligining qibtiylarga oid arxeologik hujjatlar bölimi rahbari Ahmad an-Nimarning sözlariga köra, retseptlar matni terining birinçi qavatiga yozilgan va öçib ketgan yozuvlari ustidan yozilgan. Bu material öşa paytda juda qimmat bölganligi sababli şunday qilingan.

«Palmezit»ning ikkinçi qavatida «Sinay qölyozmasi» tasvirlangan, unga yana Qöhna Ahdning bir qismi, Yangi Ahdning esa töliq teksti ham mansub.

Avliyo Yekaterina monastirida olti mingdan ziyod qölyozma saqlanadi. Ularning eng qadimiylari eramizning IV asriga oid. Qölyozmalar arab, yunon, efiop, qibt, arman va suriya tillarida yozilgan.