Özbekiston Respublikasi va Turkiya Jumhuriyati Soğliqni saqlaş vazirliklari hamda Turkiya Boş vaziri devoni huzuridagi Turkiya Hamkorlik va muvofiqlaştiriş agentligi – TIKA hamkorligida “Özbekiston-Turkiya Salomatlik haftaligi” bölib ötdi. U şu yilning 2-7 iyul kunlari taşkil etildi.

Foto: Baxtiyor Abdukarimov
Haftalik 7 yönaliş: anesteziologiya va reanimatologiya, bolalar kardiovaskulyar jarrohligi, urologiya, ginekologiya, ortopediya, umumiy jarrohlik va bolalar jarrohligi böyiça 19 nafar turkiyalik şifokor iştirokida amalga oşirildi.

Foto: Baxtiyor Abdukarimov
Toşkent pediatriya tibbiyot instituti klinkasi, Respublika ixtisoslaştirilgan akuşerlik va ginekologiya ilmiy-amaliy markazi, Çirçiq şahridagi Perinatal markazi, Yangiyöl va Olmaliq şaharlaridagi tuğuruq majmualari, Urganç şahridagi Onkologiya dispanseri va Respublika ixtisoslaştirilgan urologiya markazining Urganç bölimidagi şifoxonalarda özbekistonlik şifokorlar bilan hamkorlikda bemorlarga tibbiy xizmat körsatildi va 7,5 soat davom etgan oğir operatsiyalar ham amalga oşirildi.

Foto: Baxtiyor Abdukarimov
“Salomatlik haftaligi” doirasida özbekistonlik va turkiyalik şifokorlar özaro tajriba almaşdilar va oğir jarrohlik amaliyotlarida kamdan-kam qöllaniladigan uslub va texnikalar vositasida muvaffaqiyatli jarrohlik amaliyotlarni amalga oşirişdi. Xususan, laparoskopik uslubda amalga oşirilgan jarrohlik amaliyotlar videokonferensiya vositasida bir neça önlab özbekistonlik şifokorlarga namoyiş etildi. Jumladan, yurak amaliyoti, tsistektomiya, nefrektomiya va bolalarda laparoskopik usulda usulda qilingan amaliyotlar namoyiş etildi.

Foto: Baxtiyor Abdukarimov
5 kun davom etgan mazkur haftalik davomida 159 bemorga maslahatlar berilib, ulardan 80 bemor bepul jarrohlik amaliyoti qilindi. Ularda 151 nafar özbekistonlik şifokorlar iştirok etişdi.










