AQŞ davlat kotibi Reks Tillerson 9 iyul, yakşanba kuni rasmiy taşrif bilan Kiyevga keldi. "112 Ukraina" telekanali şu haqida xabar berdi. 

Bundan avval AQŞ davlat departamentida idora rahbari Reks Tillerson 9 iyul kuni işçi taşrif bilan Kiyevga borişi va Ukraina prezidenti Petr Poroşenko bilan uçraşişi haqida ma'lum qilingan edi. 

Davlat departamentining yuqori lavozimli amaldori ma'lumotlariga köra, Tillerson taşrif doirasida Ukraina prezidentiga mamlakat şarqidagi mojarolarga nisbatan öz nuqtai nazarini bildiradi va bu masalada köproq ma'lumot töplaşga harakat qiladi.