Turkiya Jumhuriyati va Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi hamda Turkiya Jumhuriyati Boş vazir devoni huzuridagi Turkiya Hamkorlik va muvofiqlaştiriş agentligi - TIKA hamkorligida “Özbekiston-Turkiya Salomatlik haftaligi” şu yilning 2-7 iyul kunlari 7 yönalişda (anesteziologiya va reanimatologiya, bolalar kardiovaskulyar jarrohligi, urologiya, ginekologiya, ortopediya, umumiy jarrohlik va bolalar jarrohligi) Turkiyadan kelgan jami 19 şifokor iştirokida amalga oşirildi. 

TIKA taşkiloti va Turkiya Jumhuriyati Soğliqni saqlaş vazirligi bilan uzoq yillardan beri samarali hamkorlik qilib kelayotgan Toşkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasi, Respublika ixtisoslaştirilgan akuşerlik va ginekologiya ilmiy-amaliy markazi, Çirçiq şahridagi Perinatal markaz, Yangiyöl va Olmaliq şaharlaridagi tuğuruq majmualari hamda Urganç şahridagi Onkologiya dispanseri va Respublika ixtisoslaştirilgan urologiya markazining Urganç bölimidagi şifoxonalarda özbekistonlik şifokorlar bilan hamkorlikda bemorlarga tibbiy xizmat körsatildi va 7,5 soat davom etgan oğir operatsiyalar ham amalga oşirildi. 

“Salomatlik haftaligi” davomida özbekistonlik va turkiyalik şifokorlar özaro tajriba almaşişdi va oğir jarrohlik amaliyotlarida kamda kam işlatiladigan uslub va texnikalarni qöllagan holda muvaffaqiyatli operatsiyalarni amalga oşirişdi. Laporoskopik uslubda amalga oşirilgan operatsiyalarni videokonferensiya vositasida bir neça önlab özbekistonlik şifokorlar köriş imkoniyatiga ega böldilar. Jumladan, yurak operatsiyasi, tsistektomiya, nefrektomiya va bolalarda laporoskopik usulda qilingan operatsiyalar kameralar vositasida namoyiş etildi. 

Özbekistonlik va turkiyalik şifokorlar iştirokida 5 kun davom etgan operatsiyalar natijasida, 180 bemorga maslahatlar berilib, ulardan 80 nafari bepul operatsiya qilindi. Bu operatsiyalarda 151 nafar özbekistonlik şifokorning iştirok etişi ta'minlanib, turkiyalik şifokorlarning amaliy va nazariy bilim va tajribalari bilan örtoqlaşiş imkoni yaratildi. 

“Salomatlik haftaligi” doirasida şifokorlarga murojaat qilgan, lekin hozirda operatsiya qiliş imkoniyati bölmagan 6 nafar bemor bolaning Turkiyada operatsiya qilinişi va davolanişlari böyiça kelişib olindi. Bu bolalarning Turkiyadagi operatsiyalar bilan boğliq barça harajatlari Turkiya Jumhuriyati tomonidan qoplanadi.