Janubiy koreyalik Psy ijrosidagi Gangnam Style klipi YouTube portalidagi eng maşhur video maqomini yöqotdi. Endilikda «Forsaj 7» filmidagi See You Again qöşiği uçun işlangan video undan oldinga çiqqan.

Ayni vaqtda Gangnam Style klipi körilişi körsatkiçi 2 894 479 586 martani taşkil qilmoqda, Uiz Xalifa va Çarli Put ijrosidagi qöşiq videosi esa 2 895 552 454 marta körilgan.

See You Again qöşiği «Forsaj 7» filmiga saundtrek sifatida, marhum aktyor, franşiza yulduzi Pol Uoker xotirasiga bağişlab yozilgan edi. Aktyor 2013 yili avtohalokat oqibatida olamdan ötgandi.

«Bi-bi-si» xabariga köra, YouTube portalida eng köp körilgan musiqiy kliplar qatorida Jastin Biber, Mark Ronson, Teylor Svift, Enrike Iglesias va boşqa artistlarning kliplari bor.

Billboard jurnali ma'lumotiga köra, uşbu qöşiq 12 hafta mobaynida eng yaxşi kompozitsiyalar yuztaligida yetakçilik qilgan. Videoklip rejissyori Mark Klasfeld. Klip YouTube portaliga 2015 yil 6 aprelida qöyilgandi.

Psy Gangnam Style klipi YouTube portalida 2012 yil 15 iyulida paydo bölgandi. Öşa yili klip MTV Europe Music Awards taqdimotida yilning eng yaxşi klipi mukofotini olgandi. Klip YouTube portalida eng köp layk olgani evaziga Ginnes rekordlar kitobiga kirgandi.