Avtomobilning davlat raqami belgilarini yöqotiş va şikastlaş sabablari talay bölişi mumkin – YTHdan tortib, yovuz niyatlilarning harakatlarigaça. Norma.uz davlat raqamini tiklaşning qonuniy tartibi xususida ma'lumot berdi.
IIV Yöl harakati xavfsizligi boş boşqarmasi boşliği Xolmatjon Saydaliyev sörovga javobda qayd qilişiça, davlat röyxat raqami belgilarining yöqolganligi, buzilganligi (singanligi) bois transport vositasini qayta röyxatdan ötkaziş Vazirlar Mahkamasining 26.05.1997 yildagi 256-son qarori bilan reglamentlangan. Xususan, 1-ilovaga binoan Özbekiston Respublikasida avtomototransport vositalarini röyxatdan ötkaziş, qayta röyxatdan ötkaziş va ularning hisobini olib boriş, milliy davlat raqami belgilarini beriş va ularni almaştiriş qoidalari belgilangan.
Xususiy yoki korporativ avtomobilning raqam belgilari yöqotilgan, öğirlangan, buzilgan yoki singan taqdirda qanday yöl tutiş lozim?
• DYHXX hududiy bölimlariga ariza (belgilangan şaklda) yoziş.
• Örnatilgan davlat bojini tölaş.
• Transport vositasini körik uçun taqdim qiliş.
Qoidalarning 5-bobi 7-bandiga binoan yaroqsiz holga kelib qolgan, şikastlangan yoki buzilgan davlat raqami belgilari ta'mirlanmaydi va yangilari beriladi. Bunda şikastlangan yoki buzilgan davlat raqami belgilari örniga transport vositasi egasining arizasiga asosan ularning dublikati berilişi mumkin. Dublikatlar DYHXX hududiy organlarining buyurtmanomasi asosida tayyorlanadi. Dublikat olingungaça bölgan davrga yiğim undirilmasdan ilgari foydalanilgan davlat raqami belgilari beriladi.
Avtomobilga davlat raqami belgilarini qayta röyxatdan ötkaziş uçun yiğimlar miqdori qanday?
• yöqotilgan (buzilgan) DRRB örniga DRRB beriş uçun - 4,5 EKIH;
• röyxatdan ötkaziş töğrisida guvohnoma beriş uçun EKIHning 20 foizi;
• qayta röyxatdan ötkaziş uçun – EKIHning 10 foizi;
• majburiy texnik körik uçun (körikdan ötiş muddati kelgan taqdirda) - EKIHning 10 foizi.









