«Yuventus» himoyaçisi Leonardo Bonuççi «Milan»ga ötişi oydinlaşdi.

Italiyalik futbolçi ayni vaqtda «rossonerilar» qarorgohiga yetib kelgan. U tibbiy körikdan ötib, şartnomaga imzo çekadi.

Bonuççi «Milan»ga 40 million yevroga transfer qilinmoqda.

Futbolçi bilan milanliklar 5 yillik şartnoma tuzadi va unga yiliga 6,5 million yevro maoş tölaydi.

Qayd etiş kerakki, yangi xöjayinlar qöliga ötgan «Milan» şu vaqtgaça 7 transferni rasmiylaştirgandi: «Vilyarreal»dan himoyaçi Mario Musakkio, «Atalanta»dan tayanç yarim himoyaçisi Frenk Kessiye, «Volfsburg»dan himoyaçi Rikardo Rodriges, «Portu»dan hujumçi Andre Silva, «Sanderlend»dan hujumçi Fabio Borini, «Bayyer»dan Hoqon Çalxonöğli va «Atalanta»dan Andrea Konti sotib olingandi. 

Bonuççi «Milan»da? Yevropadagi yana bir transfer ertagi tafsilotlari