Iste'dodli özbek bolalar şoiri, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi a'zosi, ajoyib inson Olqor Damin yetmiş yoşida vafot etdi.
Şoir 1947 yilda Samarqand viloyatining Iştixon tumanida tuğilgan. Ijodiy faoliyati davomida 40 ga yaqin kitoblar yozgan edi.
"Biz atoqli şoirimiz Olqor Daminning vafoti munosabati bilan yaqinlariga, oila a'zolariga çuqur ta'ziyamizni bildiramiz. Ilohim, ularni Alloh rahmat qilsin, joylari jannatdan bölsin", deb yozadi şoir Amir Xudoyberdi özining "Feysbuk"dagi sahifasida.
Ustoz adib Iştixon tumani Çillikçi qişloğida dafn etildi.
Marhumning oila a'zolari, yaqinlari va döstlariga tahririyatimiz nomidan hamdardligimizni bildiramiz.








