Internetda styuardessaning samolyot biznes-klassida oxirigaça içilmagan şampanni şişa butilkaga qayta quygani tasvirlangan video ommalaşdi. Emirates aviakompaniyasi esa bu holatni tekşiruvdan ötkazişni boşladi, deb xabar bermoqda Arabian Business.

Rolik muallifining sözlariga köra, hodisa Dubaydan Barselonaga bölgan reysda aprel oyida yuz bergan.

"Emirates har doim servisning yuqori darajasini ta'minlaşga harakat qiladi. Videodagi holat esa bizning sifat standartlarimizga mos emas", - deyiladi aviakompaniya bayonotida.

Ijtimoiy tarmoqlardagi ba'zi foydalanuvçilarning fikriça, ekipaj a'zosi içilmagan içimlikni butilkaga, undan keyinçalik foydalaniş maqsadida qayta quygan bölişi mumkin.