Emirates aviakompaniyasi samolyot bortiga özlari bilan peyjyer yoki ratsiyalar olib çiqişni yoki ularni bagajga topşirişni taqiqladi. Bu haqda aviakompaniya bayonotida söz boradi.

«Dubayga yoki Dubay orqali uçadigan reyslarning barça yölovçilariga peyjyerlar va ratsiyalarni qöl yuki yoki bagaj orqali taşiş taqiqlanadi. Qöl yuki yoki bagajdan topilgan bunday buyumlar Dubay politsiyasi tomonidan musodara qilinadi», — deyiladi xabarda.

17 sentabr kuni Livanda «Hizbulloh» tomonidan tezkor aloqa uçun foydalaniladigan peyjyerlarda qator portlaşlar sodir böldi. Ertasi kuni ratsiyalar ham portlatildi. Portlaşlar oqibatida kamida 37 kişi halok bölgan va uç mingga yaqin kişi jarohatlangan.

Reuters agentligi Livan xavfsizlik xizmatidagi manbalarga tayanib, Isroil razvedka xizmati «Mossad» bir neça oy oldin «Hizbulloh» tomonidan sotib olingan beş ming peyjyerga portlovçi moddalar örnatganini xabar qildi.

Rasmiy Bayrut va «Hizbulloh» harakati vakillari voqeada Isroilni aybladi. U qilgan işlari uçun «loyiq jazo» olişiga va’da berildi. Reuters manbasining ta’kidlaşiça, peyjyerlar Isroil razvedka xizmati «Mossad» tomonidan «işlab çiqariş bosqiçida» özgartirilgan. Sky News Arabia manbalariga köra, qurilmalarda detonator qopqoqlarini jihozlaş uçun işlatiladigan azot kislotasi efirini öz içiga olgan portlovçi modda - pentaeritrittetranitrat bölgan. Taxminlarga köra, portlaşlar «Mossad» akkumulyatorlar haroratini masofadan oşirganda sodir bölgan.