Totti kelajagi böyiça bir qarorga keldi.

«Roma»ning sobiq futbolçisi va sobiq sardori Françesko Totti klubda qolişini tasdiqladi.

40 yoşli futbolçining şartnomasi ötgan oyda yakuniga yetgandi, u jamoa bilan xayrlaşgan va okeanorti jamoalaridan biriga yöl olişi kutilayotgandi. Endilikda ma'lum bölişiça, Françesko klub direktori lavozimini egallaydi. Bu haqda Totti Roma TV uçun bergan intervyusida ma'lum qilgan.

«Men faoliyatimning birinçi pallasini - futbolçilik faoliyatimni yakunladim. Endi eng muhim davri boşlanadi — men "Roma" direktori sifatida iş boşlayman, umid qilamanki klub uçun maydonda qilganimdan kam iş qilmayman. Men heç qaçon futboldan ketişimni öylamasdim. Men yangi işimda hamma uçun oçiq bölaman — yoş futbolçilardan tortib prezidentgaça.

Mening taşrif kartoçkamda nima yozilgan böladi? Françesko Totti, «Roma», — degan Totti.