Germaniyaning Daimler avtokonserni direktorlar kengaşi Mercedes-Benz savdo belgisi ostida işlab çiqarilgan dizel avtomobillari uçun çaqirib oliş siyosati qamrovini kengaytirişga qaror qildi.

Kompaniyaning 18 iyul kuni e'lon qilingan axborotnomasida aytilişiça, kengaytirilgan servis xizmati 3 mln maşinaga tegişli böladi, deb xabar qilmoqda TASS. 

«Dizel dvigatellari borasidagi tortişuvlar mijozlarimiz orasida işonçsizlikni keltirib çiqarmoqda. Şu bois biz dizel dvigatelli avtomobillarimizni xarid qilganlarni tinçlantiriş uçun qöşimça çoralar körişga qaror qildik», - degan Daimler AG boşqaruvi raisi Diter Tsetşe.

Axborotnomaga köra, şu yilning mart oyida boşlangan servis xizmat körsatiş kampaniyasi faqat bir namunadagi motorlar örnatilgan ixçam avtomobillarga tegişli bölgan. Unda umumiy maşinalarning 45 foizi iştirok etgan. Endilikda, avtokonsern bu röyxatga deyarli barça dizel avtomobillarini kiritgan. Talab böyiça ularning dvigatellari «Yevro-5» va «Yevro-6» ekologiya me'yorlariga javob berişi kerak. 

Dizel avtomobillari çiqaradigan gazlar miqdorida azot oksidi miqdorini kamaytirişga qaratilgan kampaniya Germaniya tartibga soluvçi idoralari bilan hamkorlikda amalga oşiriladi. Daimler şu maqsadlarga 220 mln yevroga yaqin mablağ ajratadi. Dvigatellar bilan qanday özgarişlar amalga oşirilişi xabar qilinmayapti. 

Xöş, bunday keskin çoralar körişga nima sabab bölmoqda?
 
Germaniya huquqni muhofaza qiluvçi organlari joriy yil may oyi oxirida zararli moddalarning atmosferaga çiqişiga doir ma'lumotlar qalbakilaştirilganini gumon qilib, Daimler avtokonserniga tegişli bir neça idorada tintuvlar ötkazdi. Keyinroq, prokuratura Daimler işiga bevosita aloqasi borlikda şubha bilan Bosch kompaniyasiga qarşi iş oçdi. 

12 iyulda Süddeutsche Zeitung gazetasi Daimler konserni 8 yil – 2008-2016 yillar mobaynida Yevropa va AQŞda atmosferaga zararli gazlarni belgilangan me'yordan yuqori miqdorda çiqaruvçi avtomobillarni yetkazib bergani haqida jar soldi. Naşrga köra, qoidabuzarliklar 1 mln atrofidagi yengil avtomobillar va kiçik furgonlarga tegişli bölişi mumkin. Ularda OM642 va OM651 dizel dvigatellari örnatilgan bölib, Ştutgart prokuraturasi ta'kidlaşiça, bu motorlarda haqiqiy körsatkiçlarni pasaytirib körsatuvçi mexanizm qöllanilgan. 

Sud qarorida aytilişiça, Daimler şu bilan mas'ul idoralar, xususan, Federal avtomobil boşqarmasi talablarini buzgan.