Qirğiziston prezidenti Almazbek Atamboyev “Oltoy sivilizatsiyasi va oltoy tillar oilasiga yaqin xalqlar” xalqaro forumida kirill alifbosini himoya qilib çiqdi, deb xabar bermoqda Sputnik Qirğiziston.

Prezidentning fikriça, avvalgi alifbodan çetlaşiş xalqning öz tarixidan uzoqlaşişi hisoblanadi: öz vaqtida arab alifbosidan lotinga, keyin esa kirillga ötiş Markaziy Osiyoning “oltin asr” merosidan uzoqlaşişini belgilab berdi.

Atamboyevning ta'kidlaşiça, kirill alifbosi Sobiq ittifoqdagi turk xalqlariga “nafaqat özi bilan özi, balki butun Yevroosiyo bilan yagona madaniy yölda böliş imkonini bergan”.

"Çingiz Aytmatov, Muxtar Avezov, bizning juda köplab olim va yozuvçilarimiz kirill alifbosida ijod qilgan, hamda bu ularni qoniqtirgan", - deya ta'kidlab ötdi Atamboyev.

Uning eslatişiça, Sobiq ittifoq parçalanib ketganidan söng Ozarboyjon va Turkmaniston lotin alifbosiga ötdi, Özbekiston ötmoqda, Qozoğiston ham yaqinda kirill harflarni lotinga özgartiriş haqida qaror qabul qildi.

Atamboyevning sözlariga köra, har gal alifboni özgartirişga yangi tuşuntiriş berilmoqda.

"Masalan, bunday sabab: lotin barça rivojlangan davlatlar alifbosi sanaladi, unga ötiş mamlakat iqtisodiyotining rivojiga yordam beradi. Biroq Yaponiya va Koreyadagilarning iyerogliflardan foydalanişi ularga xalaqit berdimi? Xitoy iqtisodiyotining rivojlanişiga iyerogliflar zarar bermoqdami? Şu bilan birga, Afrikadagi lotin alifbosiga ötgan davlatlar qaşşoqlikdan qutulib ketdimi?", - deya savol bergan Atamboyev.

Uning ma'lum qilişiça, lotin alifbosiga ötişga turk xalqlarini birlaştiriş imkoniyatiga tegişli tuşuntirişlar ham işonarli emas. Uning fikriça, alifboni almaştiriş birlaştirmaydi, aksinça, xalqlarni bir-biridan uzoqlaştiradi.