Özbekiston yoşlar ittifoqi tarkibida Yoş ijodkorlar uyuşmasi taşkil etildi. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibasi, Özbekiston Jahon tillari universiteti talabasi Mehrinoz Abbosova uşbu uyuşmaga rais etib tayinlangan.

Mehrinoz Abbosova oy boşida «Kamolot» yoşlar ijtimoiy harakatining IV qurultoyida çiqiş qilgan va şu çiqişi tufayli prezident e'tiboriga tuşgandi. Abbosova Şavkat Mirziyoyevning taklifi bilan uşbu lavozimga tayinlandi.

«Prezidentimizning Toşkent şahrining Yunusobod mavzesida faol yoşlar vakillari bilan uçraşuvi yoşlarimizning çin ma'nodagi suyançi va tayançi sifatida qayta taşkil etilgan Özbekiston yoşlar ittifoqi faoliyat mexanizmini yangiça quvvat bilan  mustahkamlovçi tuzilmalar joriy etiş böyiça amaliy qadamlarga asos böldi.

Ijodkor yoşlar uyuşmasining raisi etib Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibasi, Özbekiston Jahon tillari universiteti talabasi Mehrinoz Abbosova rais etib tayinlandi», deyilgan Namnews.uz xabarida.

Eslatib ötamiz, «Kamolot» qurultoyidan keyin prezident 23 yoşli Alişer Sa'dullayevni Xalq ta'limi vaziriga örinbosar, 25 yoşli Olim Töyçiyevni Özbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi boş direktorining örinbosari etib tayinlagandi.