Özbekistonda ham xorij tajribasining joriy etilişi — avtotransport vositalarining davlat qayd etiş raqamlarining maxsus, çiroyli sonlardan iborat töplami alohida narxlarda sotilişi haqidagi gap-sözlar internetda bir neça oydan beri urçigan edi.

Respublika IIV YHXBB boşliği, polkovnik Xolmatjon Saydaliyev ham jurnalistlar bilan brifingda tez orada uşbu masalaga oydinlik kirituvçi hujjatlar işlab çiqilişi haqida gapirib ötgandi.

Söngra Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 11 iyuldagi «Yöl harakati xavfsizligini ta'minlaş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari haqida»gi №PQ-3127-sonli qarori e'lon qilindi va uning 12-bandiga köra, 2017 yilning 1 sentabridan avtotransport vositalarining qayd etiş davlat raqamlaridagi son va harflarini talab etilgan kombinatsiyaga köra tölovlarning yuqoriroq stavkasi böyiça tanlab oliş, jumladan, ularni kimoşdi savdosi (auksion) orqali xarid qiliş tartibi örnatiladi.

«Kun.uz»ning respublika IIV YHXBBdagi manbasi bergan ma'lumotga köra, Prezident qaroridan söng Vazirlar Mahkamasining bu boradagi qarori loyihasi işlab çiqilgan, loyiha ayni damda moliya vazirligida turibdi, agar moliya vazirligi çiroyli raqamlar uçun körsatib ötilgan boşlanğiç tölovlarni ma'qullasa, qaror loyihasi 1 avgustga qadar Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlaniş uçun kelib tuşadi.

Dastlabki loyihalarda belgilangan va internet tarmoğida tarqalgan narxlarga, albatta, biroz özgartirişlar ham kiritilişi mumkin, biroq Prezidentning №PQ-3127-sonli qaroriga köra, 1 sentabrdan boşlab taxminan şu yönaliş va tartibda fuqarolar uçun öz avtotransport vositalariga çiroyli raqamlar tanlab oliş imkoniyati taqdim etiladi.