25 iyun kuni Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Angren» erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini faollaştirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi qarori qabul qilindi.

Toşkent viloyati hokimligi axborot xizmatidan ma'lum qilişlariça, qarorga muvofiq:

  • Bekobod şahrining qişloq xöjaligiga möljallanmagan yer uçastkalarini qöşiş hisobiga «Angren» erkin iqtisodiy zonasi kengaytiriladi; 
  • 2020–2021 yillarga möljallangan Investitsiya dasturini şakllantirişda yangidan qöşilayotgan hududda «Angren» EIZning muhandislik-kommunikatsiya va işlab çiqariş infratuzilmasini rivojlantiriş böyiça loyihalar dasturga kiritiladi.

Mazkur erkin iqtisodiy zona hududida umumiy qiymati 24,5 mln AQŞ dollarilik istiqbolli investitsiya loyihalari işlab çiqilgan.

Eslatib ötamiz, aprel oyida Janubiy Koreya prezidenti Mun Je Inning Özbekistonga taşrifi doirasida «Angren» EIZ mazkur davlatning «Inçxon» erkin iqtisodiy zonasi boşqaruviga berilişi ma'lum qilingan edi.

Keça, 26 iyun kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev sanoatni rivojlantiriş böyiça videoselektor ötkazgan va unda Toşkent viloyatidagi holatga alohida diqqat qaratilgan edi.