Birinçi sovet millioneri Artyom Tarasov 68 yoşida vafot etdi. Bu ma'lumot «Yabloko» partiyasi matbuot xizmati tomonidan tasdiqlangan.

Uning ölimi sababi, qaçon va qayerga dafn etilişi tez orada ma'lum qilinadi.

Artyom Tarasov ötgan asrning 80-yillarida  Moskvadagi «Texnika» kooperativini va  taşqi savdo bilan şuğullanuvçi «Istok» taşkilotlarini boşqargan. U sovet davlatining birinçi rasmiy millioneri sifatida maşhur bölgandi. 1989 yilda u özining «Texnika» kooperatividan 3 million rubl maoş olgandi.

1989 yili Tarasov Kooperativlar ittifoqi vitse-prezidenti sifatida Artyom haftalik gazeta çiqariş taklifini ilgari surdi. Keyinçalik uşbu gazeta negizda «Kommersant'» şakllandi.