Daimler avtokonserni Germaniyaning eng yirik beşta avtomobilsozlik kompaniyasi özaro til biriktirganini birinçi bölib tan oldi. 25 iyulda Süddeutsche Zeitung naşrining ma'lum qilişiça, kompaniyaning bunday yöl tutişidan maqsad – mojarodan yuridik asoratlarsiz çiqiş imkoniyatidir.
Naşr ma'lumotlariga köra, Volkswagen kompaniyasi ham aksilmonopol qonunçilik buzilganini ma'lum qilgan, biroq buni Daimler’dan keyin amalga oşirgan. Bundan kelib çiqib aytiş mumkinki, Volkswagen öziga solinişi mumkin bölgan jarima sanksiyalari 50 foizgagina yumşatilişiga umid qilişi mumkin.
24 iyulda Germaniya vazirlar mahkamasi vakili Ulrike Demme Yevropa Ittifoqining monopoliyaga qarşi idoralari 5 ta nemis avtokotserni 1990-yillardan beri işlab çiqariş va maşinalarni ötkaziş böyiça harakatlarini kelişib kelganlari haqidagi OAV ma'lumotini tekşirayotganlarini ma'lum qilgandi.
Nemis avtokonsernlari öz harakatlari böyiça kelişib olganlari haqidagi xabarni 21 iyulda Der Spiegel naşri tarqatgandi. Bu kelişuvda göyoki Volkswagen, Audi, Porsche, BMW va Daimler kompaniyalari iştirok etgan. Bu vaqt davomida 60 ga yaqin işçi uçraşuv ötkazilib, ularda konsernlarning 200 dan köproq xodimi iştirok etgan. Kompaniyalar özaro raqobatni minimum darajaga keltirişni közlaganlar.








