«Roma» prezidenti Jyeyms Pallotta yozgi transferlar mavsumida 210 million yevroga yaqin pul sarflab ön nafar yangi futbolçi sotib olgan «Milan» klubi transfer siyosatini tanqid ostiga oldi.
«Moliyaviy feyr-pley qoidalarini deb klubimizda butunlay tartibsizliklar yuzaga kelgan. Bunga bitta misol sifatida jamoaning eski rahbarlari ketganidan ularning işlarini tartibga soliş uçun qilayotgan harakatlarimizni aytiş mumkin.
Hozir esa bu qoidalarni «Milan» misolida taqqoslab körayapman va nima bölayotganini umuman tuşuna olmayapman. Bunda heç qanday bir mantiq yöq! Avvaliga klub xöjayinlari pul yöqligini aytişgandi va şu sababdan Londondagi tanişlarimning biridan deyarli 300 mln yevro miqdorida katta foiz bilan qarz olişdi. Endi ular bu pullarni işlatişyapti yoki qandaydir avans takliflar bilan kelişuvga erişyapti. Lekin bir narsa aniq-ki, ular baribir qarzlarini öz vaqtida yopişi kerak böladi.
Ular bularning barçasini YeÇLga yöllanma oliş uçun qilayotganini aytişmoqda. Lekin buning özi yetarli emas. Klub topayotgan foyda futbolçilar uçun tölanadigan maoş bilan bir xil bölib turganida... Qanday be'mani narsalar sodir bölmoqda, bilmadim oçiği. «Milan» — A Seriyada aqldan ozgan yagona jamoa!
Balki ularda biz qaçondir körib qolişimiz mumkin bölgan juda katta biznes-reja bordir. Ammo boşqa klublar özlarini milanliklardek tutayotgani yöq. Kimdir menga «Milan» strategiyasiini tuşuntirib bersin, sababi, şaxsan özim nima bölayotganini tuşuna olmayapman», — deya Pallottaning sözlarini keltiradi Football Italia naşri.













