
Jyeff Bezos öziga tegişli Amazon aksiyalari oşgani sababli bir kunga Bill Geytsni çetga surib, dunyoning eng boy odamiga aylangan bir paytda Hermitage Capital Management ijroçi direktori Uilyam Brauder bu maqomni boşqa odamga – Rossiya prezidenti Vladimir Putinga berdi. MarketWatchning xabar qilişiça, Brauder bu haqda AQŞ senatining Rossiyaning AQŞdagi prezidentlik saylovlariga aralaşuvini tergov qilayotgan yuridik qömita oldidagi nutqida aytib ötdi.
“Fikrimça, Vladimir Putin 200 mlrd dollar turadi”, deb aytdi u.
Brauder jamğarmasi bir vaqtlar Rossiyadagi eng yirik investorlardan biri bölgan, u "Gazprom", "Surgutneftegaz" va bir qator boşqa kompaniyalar aksiyalariga ega bölgan.
2005 yilda Brauderga Rossiyaga kiriş yopilgan. Moliyaçining aytişiça, “Yukos” kompaniyasi egasi Mixail Xodorkovskiy 2003 yilda hibsga olingandan keyin Putin rossiyalik oligarxlarni töplab, ular oladigan daromadni şaxsan özi bilan bölişişni taklif qilgan. Brauder Putinning boyligi 200 mlrd dollarga tengligini 2015 yil fevralda baholagan, biroq u öşanda ham, keyinroq ham buning isbotini keltirmagan.
2007 yilda rossiyalik siyosatçi Stanislav Belkovskiy Putinning boyligini 40 mlrd dollarga baholagan.
Rasmiy deklaratsiyaga köra, Rossiya prezidentining ötgan yilgi daromadi butun yil davomida 8,86 mln rublni taşkil qilgan.







