Asli Filippindan bölgan Xose Rommel Umano ötgan yilning kuzida Nyu-Yorkka, oilasi bilan yaşaş uçun köçib ötgan. Uning turmuş örtoği AQŞda istiqomat qilayotganiga köp bölmagan. Bu sodda amaliyot sanaladi: AQŞ hukumati mamlakat rezidentiga aylangan şaxslarning oila a'zolariga kengroq imkoniyat berişi kuzatilgan. Qiziqarlisi şundaki, Rommel Umano Tokio Universiteti magistranti, qobiliyatli me'mor va yigirma yildan ortiq vaqt mobaynida Yaponiyada yaşab, işlagan tajribali xodim.

Bunday alohida kişilar tarixidan ayon bölyaptiki, 2011-2015 yillar davomida AQŞga köçib ötgan immigrantlarning deyarli yarmidan köpi bakalavr darajasiga ega mutaxassislar bölgan. "Şunga qaramay, bu Amerika diyoriga keliş oila munosabatlariga asoslanib qolayotganini bildiradi", - deb yoziladi Jinni Batalovaning Migratsiya siyosati instituti tomonidan çop etilgan tahliliy hujjatida.

Barçaga özining anti-immigrant qaraşlari bilan tanilib ulgurgan AQŞ prezidenti Donald Tramp Amerikaga keluvçilar oqimini özgartirmoqçi. 1967 yil Kanada migrantlar uçun sifat va talab me'yorlarini e'lon qilgan bölib, bunda asosan ularning ilmiy darajasi, iş tajribasi, mahalliy tilni puxta bilişi inobatga olinadi. Kanadaning tajribasidan foydalangan holda Avstraliya ham migrantlar uçun yangi qoidalarni joriy etişini bildirgan edi. Endilikda AQŞ özi uçun şu ikki davlatning talab me'yorlarini etalon qilib olişi kutilmoqda. Bu bilan oila, qarindoşlik munosabatlari asosida emas, balki kasbiy va ilmiy mahoratiga qarab immigrantlarga rezidentlik taqdim etiladi.

2015 yildagi "Grin kard"ning yangi bir million sohiblarining deyarli yarimidan köpi fuqarolikka ega şaxslarning yaqin qarindoşlari bölib çiqqan. Şu raqamlar ketidan 20 foiz kelgusi immigrantlar maxsus taklifnoma orqali AQŞga yetib kelişgan. Biroq, 1986-1990 yillarda mamlakatga taşrif buyurgan rezidentlar ilmiy darajasiga qaraganda sönggi avlod immigrantlarining oliy ta'lim muassasasini tamomlaganlik haqidagi hujjatlari 27 foizga köproq deb hisoblanmoqda.

Immigrantlar oldidan yana bir muammo turadi: xorijiy diplom AQŞ mahalliy kompaniyalari tomonidan har doim ham tan olinmaydi. Rommel Umano ham tajribali me'mor, magistr dajarasiga ega immigrant bölsa ham iş topişi qiyin keçdi. Bunday ijtimoiy masalalar hali yeçilmagan.