Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Orol dengizining qurigan hududlari o‘rmonlashtirilyapti

Agar mustaqillik yillarida O‘zbekiston bo‘yicha 1 million 220 ming gektarga yaqin o‘rmonzor yaratilgan bo‘lsa, shundan 400 ming gektardan ortig‘i aynan Orolbo‘yi hududida barpo etilgan. Bu masalada qabul qilinayotgan maxsus dasturga ko‘ra, Orol dengizining qurigan hududida kelgusi yilning o‘zida yana 500 ming gektar yerda sho‘rga chidamli daraxt ko‘chatlari va saksovullardan o‘rmonzor barpo etiladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga Murojaatida gapirib, Orol dengizi atrofini o‘rmonzorga aylantirish bo‘yicha taklif bildirgandi.
«Tasavvur qilinglar, agar biz bir yilda 500 ming gektar o‘rmonzor tashkil qilsak, 10 yilda qanday bo‘ladi? Tasavvur qilinglar, 27 yilda shuni tashkil qilganimizda hozir qanday ahvol bo‘lardi?» – deya ta'kidlagan edi O‘zbekiston Prezidenti.
Xalqaro press-klubning Mo‘ynoqdagi sayyor-sessiyasi davomi XPK raisi Sherzodxon Qudratxo‘jayev «Orolni o‘rmonlashtirish ishlarida barcha ko‘ngilli jamoalar, xususan Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari faol» bo‘layotganini bildirdi.

«Xalqimiz saxiy, pul bo‘lmasa, boshqa jihatdan yordam qilmoqda», - deya qurilish ishlariga materiallarni yetkazib bermoqchi bo‘layotgan tadbirkorlarni sanab o‘tdi Qudratxo‘jyev.
Ma'lumot uchun, Orolning qurigan hududlarida saksovul va sho‘rga chidamli butazorlardan o‘rmonzor tashki etish masalasi 700 ming gektar yerni qamrab olishi nazarda tutilgan. Orol halokati oqibatlarini yumshatish va Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish bo‘yicha 2013 – 2017 yillarga mo‘ljallangan kompleks chora-tadbirlar dasturi doirasida 500 dan ortiq loyiha amalga oshirildi. Ularning yarmidan ko‘pi milliy loyihalardir.

2017 – 2021 yillarda Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturi doirasida Orolbo‘yida ijtimoiy-iqtisodiy holatni, aholi turmush sharoitini yaxshilash, ekologik falokat asoratlarini yumshatish bo‘yicha investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish jamg‘armasi tuzildi va unga 200 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirildi.
Tavsiya etamiz
Soliqchilar aniqlagan xato-kamchiliklar bo‘yicha “amnistiya” e’lon qilindi
Iqtisodiyot | 16:11 / 20.08.2025
80 ta tumandagi bog‘cha va maktablarning bo‘sh yerlarida bog‘chalar quriladi
Iqtisodiyot | 15:25 / 20.08.2025
O‘zbekistonda insultni davolash uchun maxsus shifoxona ochiladi
O‘zbekiston | 20:43 / 19.08.2025
ADWorld ishi: pullar qaytariladimi?
Jamiyat | 16:50 / 19.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eron rasmiysi: Rossiya 12 kunlik urush paytida Isroilga razvedka ma’lumotlarini bergan
Jahon | 00:39
-
Toshkentning Ohangaron shohko‘chasida piyodalar uchun to‘rtta yo‘lo‘tkazgich quriladi
O‘zbekiston | 23:16 / 25.08.2025
-
Iordaniya podshohi Samarqandda «Boqiy shahar» tarixiy-etnografik majmuasini tomosha qildi
O‘zbekiston | 22:39 / 25.08.2025
-
Tramp Rossiya va Ukraina mojarosini «shaxsiy» deb atadi va to‘xtatishga va’da berdi
Jahon | 22:35 / 25.08.2025
Mavzuga oid

19:14 / 18.04.2025
Orol dengizining qurigan tubi yildan yilga ko‘tarilib borayotgani aniqlandi

21:21 / 05.04.2025
Qozog‘iston O‘zbekistondan sug‘orish uchun 12,6 milliard kub metr suv oldi

19:59 / 05.04.2025
Saida Mirziyoyeva Orol madaniyat sammitida ishtirok etdi

18:36 / 17.01.2024