Vazirlar Mahkamasining 25.07.2017 yildagi 539-son «Andijon şahrida Muhammad Yusuf nomidagi ona tili va adabiyot fanini çuqurlaştirib öqitişga ixtisoslaştirilgan maktab va Muhammad Yusufning byusti örnatilgan xiyobonni taşkil etiş töğrisida»gi qarori e'lon qilindi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.

Maktab Andijon davlat universiteti qoşidagi 4-son akademik litsey hududida oçiladi.

2017-2018 öquv yilida ixtisoslaştirilgan maktabning 5-8-sinflariga hamda 2018-2019 öquv yilidan boşlab 5-sinfiga 30 nafardan öquvçilar qabul qilinadi. Xalq ta'limi vazirligiga öquvçilarni qabul qiliş kvotalariga özgartirişlar kiritiş huquqi berildi.

Davlat arxitektura va quriliş qömitasi, Xalq ta'limi vazirligi hamda Badiiy akademiya 2017 yil 1 sentabrgaça:

•  4-son akademik litsey binosining 1-qavatida 150 örinli öquv binosini ixtisoslaştirilgan maktabga moslaştiriş böyiça ta'mirlaş işlarini amalga oşiriş va uni foydalanişga topşiriş;
•  byustning ijodiy va texnik parametrlarini işlab çiqiş hamda uni sifatli yaratiş;
•  4-son akademik litsey hududida byust örnatilgan xiyobonni taşkil etiş çora-tadbirlarini körişi kerak.

Yuqorida körsatilgan vazifalarni bajariş bilan boğliq barça xarajatlar Andijon viloyati mahalliy byudjyeti mablağlari hisobiga amalga oşiriladi.

Xalq ta'limi vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda 2017-2018 öquv yilidan boşlab yangi maktabni öquv-laboratoriya jihozlari, kompyuter texnikasi, öquv-metodik majmualar, öqituvçilar uçun metodik qöllanmalar hamda badiiy adabiyotlar bilan ta'minlaş çoralarini köradi.

Hujjatda maktabga iqtidorli öquvçilarni saralab oliş maqsadida ona tili va adabiyot fanlaridan, şuningdek psixologik-pedagogik diagnostika böyiça test sinovi ötkaziş közda tutilgan.

2017-2018 öquv yilidan boşlab Davlat byudjyeti parametrlarida ta'lim sohasiga ajratilgan mablağlar doirasida ixtisoslaştirilgan yangi maktabning ta'minoti uçun zarur mablağlar nazarda tutiladi.