Andijon viloyati Marhamat tumani IIB xodimlari tomonidan tuman hududida ötkazilayotgan «Tozalaş» tadbiri davomida jinoyat sodir etib, sud organlaridan yaşirinib yurgan qidiruvdagi şaxs uşlandi. Bu haqda «Kun» naşriga IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi boş boşqarmasi xabar berdi.

2016 yil 3 dekabr kuni 1969 yilda tuğilgan M.M. tanişi, T.Yo.ning işonçiga kirib, uni aldab, «Lasetti» rusumli avtomaşina olib berişni va'da qilib, 4000 AQŞ dollari miqdoridagi pullarini firibgarlik bilan qölga kiritgani uçun Toşkent şahar Mirobod tuman IIB tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, sudga kelişdan böyin tovlab yaşiringanligi sababli, Jinoyat işlari böyiça Mirobod tuman sudi tomonidan joriy yilning 6 iyun kuni qidiruv e'lon qilingan edi.

Hozirda unga nisbatan «Qamoq» ehtiyot çorasi qöllanilgan.