Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengaşining Yaqinda bölib ötgan sessiyasida viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasi boşliği A.Jörayevning tibbiyot muassasalari, jumladan, tez tibbiy yordam xizmati faoliyatining samaradorligi yuzasidan axboroti tinglandi. Bu haqida viloyatning «Zarafşon» gazetasida e'lon qilingan axborotda soğliqni saqlaş tizimiga oid ayrim fakt va raqamlar tilga olib ötilgan.

Bugungi kunda Samarqand viloyatida 350 dan ortiq tibbiyot muassasasi 3 million 200 mingdan ortiq aholiga tibbiy xizmat körsatib kelmoqda. Viloyat soğliqni saqlaş muassasalarida 45 ming nafarga yaqin, jumladan, 7672 nafar oliy ma'lumotli vraç, 28 ming nafarga yaqin örta maxsus ma'lumotli hamşira faoliyat körsatmoqda.

Viloyat aholisiga jami 197 ta tez tibbiy yordam avtomobillariga ega bölgan tez tibbiy xizmat tizimi imkoniyat doirasida xizmat körsatib kelmoqda.

Mazkur sohada amalga oşirilgan ijobiy işlar bilan bir qatorda, köplab kamçiliklar, dolzarb masalalar mavjudligi ham sessiyada tilga olib ötildi.

Jumladan, tez tibbiy yordam xizmatlarini qöşimça ravişda 111 ta avtomaşina bilan ta'minlaş işlari oxiriga yetkazilmagan. Mavjudlari zamonaviy aloqa vositalari (ratsiya) bilan ta'minlanmagan.

Past Darğom, Tayloq, Payariq, Urgut, Kattaqörğon tumanlarida tez tibbiy yordam brigadalari zamonaviy asbob-uskunalar bilan ta'minlanmagan, Kattaqörğon, Payariq, Urgut tumanlarida tez tibbiy yordam bölim va şoxobçalari joylaşgan 119 ta binodan 64 tasi ta'mirtalab, 10 tasi yangi binoga muhtoj.

Tibbiyot muassasalarida ftiziatr, psixiatr, onkolog, infeksionist, gematolog, rentgenolog va umumiy amaliyot şifokorlariga ehtiyoj katta. Mutaxassislar malakasini oşiriş böyiça belgilangan rejalar ijrosi ta'minlanmayapti. 2017 yilning ötgan davri mobaynida malaka oşirişi lozim bölgan jami vraçlarning 12,1 foizi, hamşiralarning esa 10,5 foizi malaka oşirgan, xolos.

Viloyatda onalar va gödaklar ölimi 2017 yilning birinçi yarmida 2016 yilga nisbatan kamaygan bölsa-da, 6 oyda 6 nafar ona va 283 nafar gödak ölimi qayd etilgani bunday holatlarning oldini oliş borasidagi işlar talab darajasida yölga qöyilmaganini körsatadi.

Patronaj xizmati imkoniyatlaridan zarur darajada foydalanilmagani, tegişli nazorat va tarğibot işlarining susaytirilgani oqibatida viloyatda joriy yilning 6 oyida 15-16 yoşdagilar örtasida 8 ta tuğruq qayd etilgan va bu salbiy körsatkiç 3 taga köpaygan.