Tadqiqotçilar ma'lumotlariga köra, 2016 yil 137 yillik kuzatuvlar tarixidagi eng issiq yil deb topildi. AQŞ Okean va atmosferalar tadqiqoti milliy ma'muriyati (NOAA)ning hisobotida şu haqida ma'lum qilindi. 

Bunga qadar eng issiq yil 2015 yil deb hisoblangan. Hisobot mualliflarining bildirişiça, iqlim özigarişiga doir körsatkiçlarning aksariyati "isiş tendensiyasiga amal qiliş"da davom etmoqda, okean va yer sathi harorati, dengiz sathi va atmosferadagi issiqlik gazlari konsentratsiyasi darajasi esa 2015 yilgi rekordlarni ortda qoldirgan. 

Ötgan yilgi natijalar uzoq muddatli global isiş va El-Nino hodisasining birgalikdagi ta'siri bölgan. 

Ta'kidlaş joizki, hisobot ustida NOAA milliy markazlari olimlari bilan bir qatorda dunyoning 60 mamlakatidagi 450 dan ziyod mutaxassislar iş olib borişgan. 

2016 yilda atmosferadagi issiqlik gazlari konsentratsiyasi rekord darajaga yetgan - 402,9 million uluşi (ppm), bu bir yil avvalgidan 3,5 karra köp demakdir. Bu 58 yildan buyon eng katta yillik ösişdir. 

Ma'lumotlarga köra, 2016 yilda quruqlik va okean sathi harorati Tselsiy böyiça 0,45 darajadan 0,56 darajagaça bölgan. Dengiz sathi 82 mm'ga kötarilgan va bu körsatkiç 1993 yilda qayd qilingan rekordni yangilagan. 

Xalqaro olimlar guruhi 2100 yilga borib 350 million yevropalik xavfli iqlim şaroitlaridan aziyat çekadi, degan xulosaga kelgan. Ularga köra, ekstremal ob-havo natijasida yuzaga keladigan ölim holatlarining 99 foizi issiq harorat bilan boğliq böladi.