Kosta-Rikadagi Poas vulqoni harakatga keldi. Vulqon otayotgan kul ustunlari balandligi 3-4 kilometrga yetmoqda, deb xabar beradi El Commersio.
Qayd etilişiça, vulqon otilişi maydoni 3250 kilometr kvadratni taşkil etadigan Markaziy vodiyning istalgan nuqtasidan köringan.
21 aprel kuni soat mahalliy vaqt bilan 15:00 holatiga köra, yaqin atrofidagi aholi punktlariga kul tuşişi kuzatilmagan. Şamol yönalişi sabab kul Gresiya, Sarçi va San-Karlos kantonlari tomon harakatlanişi mumkin. Poas atrofidagi hududlar va Toro-Amarilo okrugida xavfning «sariq» darajasi e’lon qilingan.
Vulqon harakatga kelişidan oldin zilzila kuzatilmagan, biroq atrofdagi hududlarda oltingugurt hidi tarqalgan. Tabiiy ofat Xuan Santamariya nomidagi xalqaro aeroport faoliyatiga ta’sir körsatmagan.
Poas vulqoni dengiz sathidan 2708 metr balandlikda joylaşgan bölib, uning çöqqisida diametri 1,5 kilometrga yetadigan ikkita krater mavjud.
Avvalroq Filippindagi Negros orolida Kanlaon vulqoni harakatga kelgani, hududda uçinçi xavf darajasi e’lon qilingani töğrisida xabar berilgandi.

















