AQŞ hukumati Kosta-Rika sobiq prezidenti va tinçlik böyiça Nobel mukofoti laureati Oskar Arias Sançesning vizasini bekor qildi, deb yozmoqda Nacion gazetasi.
Ariasning sözlariga köra, Amerika hukumati vizaning bekor qiliniş sababini körsatmagan. Şu munosabat bilan sobiq prezident Donald Tramp ma’muriyati avtokratik xususiyatlarga ega ekanini ta’kidladi.
Ariasning qayd etişiça, Vaşington taniqli çet elliklarga jazo sifatida vizalarni bekor qiliş amaliyotini tez-tez qöllay boşlagan. Fevral oyida Kosta-Rika sobiq prezidenti Tramp tomonidan olib borilayotgan siyosatni keskin qoralagan edi.
Arias 1986-1990 va 2006-2010 yillarda Kosta-Rika prezidenti bölgan. 1987 yilda u Markaziy Amerikadagi tinçlikparvarlik faoliyati uçun tinçlik böyiça Nobel mukofotiga munosib körilgan.
84 yoşli sobiq prezidentning sözlariga köra, AQŞ rasmiylarining bu kabi qarori uning ikkinçi prezidentlik muddati davrida Xitoy bilan yaqindan aloqa örnatişga uringani bilan boğliq bölişi mumkin. Ariasning fikriça, vizaning bekor qilinişi böyiça qarorni Tramp emas, AQŞ Davlat departamenti qabul qilgan.









