31 mart kuni tugagan moliyaviy yil yakunlariga köra, Yaponiyaning Toshiba konserni 965,7 milliard iyen (8,8 milliard dollar)lik zarar kördi, deyiladi auditorlar tomonidan tekşirib çiqilgan hisobotda. Bu haqida "Interfaks" xabar berdi. 

Auditorlar moliyaviy körsatkiçlarni tekşirişga ulgurmagani bois, hisobot taqdimoti bir neça marta köçirilgan. Kompaniyaning dastlabki baholariga köra, uning kamomadi 950 milliard iyenni taşkil qilgan. 

Tahlilçilar Toshiba'ning ötgan moliyaviy yilgi zarari örtaça 977,4 milliard iyenga yetgan, deya taxmin qilişayotgandi. Bunday sezilarli kamomad Amerikadagi Toshiba Westinghouse Electric Co. şö'ba korxonasining bankrot deb e'lon qilgani bilan boğliq. 

Toshiba joriy moliyaviy yilda 230 milliard iyenlik sof daromad va 40 milliard iyenlik operatsion foydaga erişişni közlamoqda. 

Kompaniya faoliyatini bir maromda uşlab turiş uçun Toshiba özining eng muvaffaqiyatli biznesi - xotira mikrosxemalarini işlab çiqaruvçi bölimini sotişni rejalaştirmoqda. Unga sohaning qator "öyinçilar"i da'vogarlik qilmoqda, kompaniya uning sotuvidan taxminan 2,1 trillion iyen işlab oladi. 

Bundan taşqari, yapon konserni IPO - Landis+Gyr aqlli hisoblagiçlari işlab çiqaruvçisi yordamida 161,7 milliard iyen jalb qilmoqçi. Toshiba kompaniyaning 60 foiziga egalik qiladi. Payşanba kungi sotuvlar davomida Toshiba aksiyalari 0,7 foizga qimmatlaşdi. Kompaniya kapitalizatsiyasi yil boşidan 4,6 foizga - 1,19 trillion iyengaça oşdi.