Amerikalik aktyor Arnold Şvartsenegger unga jahonşumul maşhurlik keltirgan «Terminator” filmining yangi, 6-qismida suratga tuşadi. Bu haqda Fox News telekanali xabar berdi.
“Keyingi yil martida men “Terminator”da suratga tuşişni boşlayman. Kemeron (rejissyor) va Devid Ellison (prodyuser) suratga oliş jamoasiga qaytadilar”, deb Şvartseneggerning aytgan sözlarini keltirib ötgan telekanal. Ta'kidlaş joizki, 30 iyulda aktyor 70 yoşini qarşiladi.
Kemeron fantastik jangari filmning 6-qismini suratga olişini tasdiqlagan va Şvartsenegger unda terminator rolini emas, balki uning prototipi – inson rolini ijro etişini ma'lum qilgan. “Özingizdan sörab köring, nima uçun barça qahramonlar Arnold kabi körinişda va u kabi gapiradilar. Bunga sabab bölişi kerak. Töğri, menga prototip bölişi kerak degan fikr keldi”, deb aytdi dunyodagi eng kassabop rejissyorlardan biri.
Birinçi “Terminator”dan keyin “Terminator 2: Qiyomat kuni” (Terminator 2: Judgment Day, 1991), “Terminator 3: Maşinalar isyoni” (Terminator 3: Rise of the Machines, 2003), “Terminator: Halaskor kelsin” (Terminator Salvation, 2009) va “Terminator: Genezis” (Terminator Genisys, 2015) filmlari olingan. Şvartsenegger ulardan 4 tasida suratga tuşgan.












