Özim jurnalist emasman, ammo jurnalistikaga qiziqişim baland. Jurnalist aka-ukalarimiz, ayniqsa, futbol jurnalistlarimiz va şarhlovçilarimiz tomonidan yozilgan maqolalarni doimo qiziqiş bilan öqib boraman.

Uşbu çiqişimda futbol jurnalistikasi haqida emas, aynan şarhlovçilar haqida öz mulohazalarimni bildirişga jazm etdim.

Har bir ustozning öz muhri böladi. Şogirdlarining qaysidir harakatlari ustozini eslatib yuboradi. Şunday şogirdlarni «ustoz körgan şogird», deyiş mumkin. Ammo mening nazarimda, «Sport» telekanalida şarhlayotgan köplab futbol şarhlovçilarimizning ustozlari yöqdek. Aynan mana şu yerda saviya, ustoz muhri sezilib qoladi.

Ekrandagi futbol tempiga mos şarhlamay, pastlaşiş, qiziqarli öyinlarni saviyasiz şarhlaş, öyindan çetga çiqiş, köp minglab sonli muxlislarning e'tirozlariga sabab bölmoqda. Şu sababli ham köplab yurtdoşlarimiz Yevropa futbolini Rossiya telekanallari orqali körişadi. U yerda harqalay ança qiziqroq va jöşqinroq şarhlaşadi.

Şu örinda yana bir muammoni, futbol şarhlovçilarimiz tomonidan öz işiga yurakdan yondaşilmasligi sababli köpçilik e'tibor bermagan qimor illati, töğriroği, totalizator yurtimizga kirib kelayotganini aytib ötmoqçiman.

«Bizga nima aloqasi bor?» deb hayron bölmang, hozir tuşuntiraman.

Avvalari e'tibor bermasdim, ammo köpçilik zamonaviy telefon işlatadigan tanişlarim köpdan beri öşa rus futbol kanallari tomonidan reklama qilinadigan totalizator kompaniyalari orqali zamonaviy qimorga aralaşib qolişgan. Buning asosiy sabablaridan biri — kanallarimiz orqali futbolning sifatsiz şarhlanişida, muxlisni öz kanallarimiz uşlab qola olmayotganidadir.

E'tibor beryapsizmi, hurmatli şarhlovçilar? Sizlarning öz kasblaringga mas'uliyatsiz yondaşişlaring sababli millatimizga nimalar kirib kelişi mumkin va kirib kelyapti?

Şu örinda bir savol tuğiladi: muxlislarni öz kanalimizga qaytariş uçun nima qiliş kerak? Yevropa çempionatlari translyatsiyasini sotib olişda hamkorlik qilayotgan taşkilotlar, eng avvalo, öz bizneslari öylab, qolaversa, xalqimizning Yevropa futboli havosidan bahra olişlari uçun qilayotgan xizmatlari, albatta, tahsinga sazovor. Ammo deyarli hamma rus telekanallarini köraversa, homiy öz mahsulotini qaysi kanal orqali reklama qilsin?

Translyatsiya uçun sarflagan mablaği özini oqlamasa, keyingi mavsumda yana homiylik qilişidan nima naf? Mana sizga savol içidagi savol: muammoning eng asosiy sababi, ustoz körmagan şarhlovçilarimizning futbolni şarhlaşlarida, potensial tomoşabinni ekranning ostiga mixlab qöya olmayotganligida, deb bilaman.