Polşa politsiyasi rahbari Marek Boron 2-noyabr kuni RMF FM radiostansiyasi efirida bu haqda maʼlum qildi.

Uning aytişiça, ötgan hafta Polşa Harbiy razvedka xizmati va ittifoqçi davlatlarning maxsus xizmatlari Rossiya bilan çegarada ehtimoliy diversiyalar yuzasidan ogohlantiriş bergan. Xususan, qurollangan guruhlarning çegara orqali kirib kelişga urinişi mumkinligi haqida maʼlumot olingan.

Şundan söng Rossiyaning Kaliningrad viloyati bilan çegaradoş hududlarda xavfsizlik çoralari kuçaytirilgan.

«Bu mamlakatimizdagi hozirgi vaziyat - diversiyalar, sabotaj va şarqdagi maxsus xizmatlar jinoiy faoliyatining turli gibrid şakllari bilan bevosita boğliq», - dedi Boron.

Operatsiya Polşaning şimoli-şarqidagi Varminsko-Mazur va Podlyask viloyatlarida ötkazilmoqda. Unda politsiya, armiya, çegara xizmati va maxsus xizmatlar bilan birga terrorizmga qarşi kuraş bölinmalari ham iştirok etmoqda.

Harakatlarni muvofiqlaştiriş uçun Politsiya boş boşqarmasida maxsus ştab taşkil etilgan. Çegara hududlariga mamlakatning bir neçta viloyatidan qöşimça politsiya kuçlari yuborilgan.

Boron operatsiya ehtimoliy tahdidlarning oldini olişga qaratilganini taʼkidladi. Uning sözlariga köra, asosiy maqsad - çegara yaqinida yaşovçi aholi, davlat muassasalari va diversiyalar nişoniga aylanişi mumkin bölgan boşqa obyektlar xavfsizligini taʼminlaş.

«Bu xorijiy maxsus xizmatlardan olayotgan maʼlumotlarimiz bilan ham boğliq. Vazifamiz - u yerda yaşovçi fuqarolar va muassasalar xavfsizligini taʼminlaş, jamiyatni har qanday ehtimoliy tahdiddan himoya qiliş», - dedi politsiya rahbari.

Şu bilan birga, u qöşimça kuçlarning yuborilişi Polşa Konstitutsiyaviy tribunali atrofidagi siyosiy inqiroz bilan boğliq ekani haqidagi taxminlarni rad etdi.