AQŞ armiyasi generali, Iroqda IŞIDga qarşi operatsiyaga qömondonlik qiluvçi Stiven Taunsend Iroq şimolidagi jangovar harakatlar davomida ikki amerikalik harbiy halok bölganini ma'lum qildi.
Uning aytişiça, yana 5 askar jarohat olgan. Taundsen IŞIDga qarşi kuraşuvçi butun koalitsiya nomidan halok bölgan harbiylar oilalariga ta'ziya bildirdi.
“IŞIDga qarşi kuraşuvçi butun koalitsiya bu qahramonlar oilalari, döstlari va safdoşlariga özining çuqur ta'ziyasini yöllaydi. Men sizlarga qanday hurmatni his qilişimni va sizning yöqotişingiz sababli men his qilayotgan qayğuni ta'riflaşga söz yöq”, deb aytilgan Taunsend bayonotida.
Harbiylarning ölimi tafsilotlari oşkor qilinmagan. Dastlabki ma'lumotlarga köra, ular duşman bilan töqnaşiş oqibatida halok bölmaganlar.








