AQŞning Markaziy razvedka boşqarmasi direktori Mayk Pompeo Şimoliy Koreya atrofidagi vaziyatning keskinlaşişi ortida uning ixtiyorida bölgan razvedka ma'lumotlari yaqin orada yadro uruşi boşlanişi imkoniyatini istisno qilişini aytdi.
“Men biz yadro uruşi yoqasida turganimizni qörsatuvçi birorta razvedka ma'lumotini körmadim”, deb aytgan u Fox News telekanaliga.
Pompeoning ta'kidlaşiça, AQŞ prezidenti ma'muriyati Şimoliy Koreyani hamon tahdid sifatida qabul qilmoqda va “AQŞ avvalgidek sabr-toqat qilib ötirmaydi”.
Joriy haftada Pxenyan va Vaşington bir-biriga nisbatan tahdidlar bilan almaşdi. Avval Tramp Şimoliy Koreya AQŞga nisbatan tahdid qilişni bas qilmasa, Vaşington “olov va ğazab” bilan javob berişi bilan tahdid qilgan. Pxenyanda bunga javoban AQŞning Andersen aviabazasi va Apra-Xarbor dengiz bazasi joylaşgan Guam oroliga raketa zarbasi beriş imkoniyati örganilayotgani aytilgan.








