“Özbekipaksanoat” uyuşmasida ipak qurti ozuqasi maydonlarini kengaytiriş, tut plantatsiyalarini kengaytiriş borasida istiqboldagi vazifalarni belgilab olişga bağişlangan yiğiliş bölib ötdi.

Unda  “Özbekipaksanoat” uyuşmasi rahbariyati va mas'ul xodimlari, Özbekiston Respublikasi Örmon xöjaligi davlat qömitasi raisining birinçi örinbosari O.Hakimov, Ipakçilik ilmiy - tadqiqot instituti, Özbekiston tabiiy tolalar ilmiy- tadqiqot instituti olimlari, fermerlar iştirok etdi.

Prezident Şavkat Mirziyoyevning şu yil  29 martdagi «Özbekipaksanoat» uyuşmasi faoliyatini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori tizim istiqbolini ta'minlaşda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Unga köra, “Özbekipaksanoat” uyuşmasi ipak qurti uruğini sifatli tayyorlaş, ipakdan tayyor mahsulot işlab çiqariş hajmini köpaytiriş, uning eng xaridorgir turlari va dizaynini özlaştiriş, tarmoq mahsulotlarini xalqaro talablarga muvofiq sertifikatlaştiriş va standartlaştirişni ta'minlaş bilan şuğullanmoqda.

Mazkur çora-tadbirlar doirasida ozuqa bazasini şakllantiriş ham uyuşmaning eng muhim yumuşlaridan biridir. Şu bois kuz-bahor mavsumida Xitoydan köp miqdorda tut köçatlari keltirilişi kutilmoqda. Özbekistonlik olimlar yaratgan yangi navlarni ham keng ommalaştirişning istiqbolli jihatlari örganilmoqda.

“Biz bir  neça yildan buyon yangi tut navini yaratiş borasida izlanişlar olib borayapmiz”,-deydi Andijon viloyati, Marhamat tumanidagi “Ipak” fermer xöjaligi rahbari Abdufattoh Musurmonqulov.-Olib borilgan 13 yillik ilmiy va 6 yillik amaliy izlanişlar samarasida “Özbekiston duragayi” navi köpaytirilmoqda. Uşbu serhosil nav odatdagi navlarga nisbatan qariyb ön barobar köp hosil beradi”.

Yiğilişda mazkur navdan tut köçatlarini köpaytiriş, şuningdek, Özbekistondagi örmon xöjaliklarida mavjud tut köçatlarining sifati va sonini aniqlaş borasida vazifalar belgilab olindi. Yiğiliş yakunida işçi guruhi tuzildi. Ular örmonlik xöjaliklarida yetiştirilayotgan tut köçatlarining holati, ularning yaroqlilik darajasi va sifatini örganib, tegişli xulosani beradi. Bu esa yaqin kunlarda “Özbekipaksanoat” uyuşmasi va Özbekiston Respublikasi Örmon xöjaligi davlat qömitasi örtasida hamkorlik borasida memorandum imzolanişini ta'minlaydi.