Yil boşidan buyon 2017 yil oxiriga qadar Nokia mobil qurilmalari litsenziyalariga egalik qiluvçi HMD Global brend markasi ostida heç bölmaganda bir smartfon taqdim qilişi kutilayotgan edi. Taxminlarga köra, bu Nokia 9 bölişi kerak edi, biroq yangi ma'lumotlar bunga şubha uyğotmoqda. Ularga köra, yangi flagman 16 avgust kuni namoyiş qilinişi kutilayotgan Nokia 8 böladi. Hi-Tech bu smartfon haqidagi barça ma'lumotlarni taqdim etdi. 

Nokia 8'ning ikki Carl Zeiss kamerasi 

Carl Zeiss — Germaniyaning 1846 yildan beri faoliyat yurituvçi optik uskunalar işlab çiqaruvçisi. Kompaniya avval bir neça yil davomida mobil kameralarni işlaş borasida Nokia bilan hamkorlik qilgan, şuningdek Microsoft Lumia smartfonlari optikasini yaratgan. Biroq Nokia brendi HMD Global tasarrufiga ötganidan keyin hamkorlik tugatilgan edi. 

Mana endi, tarqalgan ma'lumotlarga köra, Nokia yana Carl Zeiss optikasiga ega böladi. Işonçli insayder Evan Blassning yangi ma'lumotlari şundan dalolat bermoqda. 

Qurilmaning orqa panelida 12 megapikselli ikki kamera bölib, u Zeiss optikasi bilan "qurollangan", selfi kamerasi ham - 4K video olişga qodir 12 megapikselli sensor. Hozirça bor-yöği uç telefon şunday xususiyatga ega - bular HTC Butterfly 3, Essential phone va iPhone 8.

Nokia 8 qurilmasining kamerasi uç rejimga ega: RGB, Dual-Camera va Mono. Foydalanuvçilar surat olişdan avval qanday kamerani işlatişni tanlaşi mumkin: asosiy kamera, ikkilamçi kamera va frontal kamera. Ta'kidlaş joizki, ikki kamerali 13 megapikselli modul ikki datçikdan iborat: RGB va monoxromatik. 

Dizayn va ranglari

Umuman olganda, Nokia 8 alyuminiy korpusli va rangli hoşiyali an'anaviy monoblokdek körinadi. Qurilma burçaklariga biroz aylana şakl berilgan, kamera moduli esa korpusdan sezilar-sezilmas çiqib turadi. Taxminlarga qaraganda, smartfon ölçamlari 151,55 x 73,7 mm, ya'ni Nokia 6 qurilmasidan biroz kiçik böladi.

Nokia 8 hoşiyasiz ekranga ega bölmasa-da, iPhone'ning, şuningdek Android'li smartfonlarning  ajoyib muqobili bölişi mumkin. Smartfon Nokia'ga xos bölgan dizaynda va bir neça xil rangda namoyiş etiladi, jumladan kök, tillarang va kumuşrangda ham.