Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 avgustdagi farmoyişiga binoan, joriy yilning avgust oyi Özbekistonda obodonlaştiriş va tozalik oyligi hamda 19—20 avgust — umumxalq xayriya haşari kunlari, deb e'lon qilindi. Bu haqda Fuqarolarning özini özi boşqariş organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş böyiça Respublika kengaşi Axborot xizmati xabar berdi.

«Ayni kunlarda yurtimizning barça hududlarida eng uluğ, eng aziz ayyom — Mustaqilligimizning yigirma olti yillik tantanalarini «Fidoying bölgaymiz seni, Özbekiston!» şiori ostida munosib kutib oliş va nişonlaşga qizğin taraddud körilmoqda… Milliy qadriyatlarimizga xos özaro mehr-oqibat va saxovatni yanada kuçaytiriş, ijtimoiy hamkorlik, beğaraz yordam va muruvvat kabi ezgu fazilatlarni yuksaltiriş, mahallalar hududlarini, aholi turar-joylarini obodonlaştiriş, sanitariya holatini yaxşilaş, eng asosiysi, mustaqilligimizning yigirma olti yillik şodiyonalarini munosib kutib oliş hamda nişonlaşdek ezgu maqsadlarni mujassam etgan bu muhim hujjatda oylik doirasida hamda haşar kunlari amalga oşirilişi lozim bölgan çora-tadbirlar belgilangan», — deyiladi xabarda.