Harakatlar strategiyasining dastlabki yakunlari ötkazildi - Prezident farmoyişi
|05:07 / 16.08.201766 6949 min
Özbekiston Respublikasi Prezidentining «2017–2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasini kelgusida amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida» farmoyişi qabul qilindi. Hujjat Prezidentning rasmiy saytida e'lon qilindi.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasi (keyingi örinlarda Harakatlar strategiyasi deb yuritiladi) mamlakatning davlat va jamiyat rivojlanişi istiqbolini strategik rejalaştiriş tizimiga sifat jihatdan yangi yondaşuvlarni boşlab berdi.
Harakatlar strategiyasini «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili»da amalga oşirişga oid Davlat dasturining (keyingi örinlarda Davlat dasturi deb yuritiladi) tasdiqlanişi strategik rivojlanişning ustuvor yönalişlarini amaliy röyobga çiqarişning boşlanğiç mexanizmi böldi.
Dastlabki sarhisoblar davlat organlari, nodavlat taşkilotlar, fuqarolik jamiyati institutlarining Davlat dasturini samarali amalga oşirişga qaratilgan kuçlari, şu jumladan, xorijiy mutaxassislar va xalqaro ekspertlarni faol jalb qilgan holda çinakam jipslaşganligini körsatdi.
Hozirgi kunda Harakatlar strategiyasining ijrosi yuzasidan davlat va jamiyat hayotining barça sohalarini rivojlantirişga qaratilgan 15 ta qonun va 700 dan ortiq boşqa normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.
Xususan, davlat va jamiyat qurilişi tizimini takomillaştiriş sohasida zamonaviy talablar hamda ustuvor yönalişlarni inobatga olgan holda 16 ta vazirlik, idora va boşqa taşkilotlarning tuzilmasi, vazifa va funksiyalari qayta körib çiqildi, 20 ta davlat va xöjalik boşqaruvi organlari, boşqa taşkilotlar qayta taşkil etildi.
Sud-huquq tizimi tubdan qayta körib çiqildi. Sud hokimiyatining yagona oliy organi – Özbekiston Respublikasi Oliy sudi, ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib çiqadigan ma'muriy nizolarni, şuningdek, ma'muriy huquqbuzarliklar töğrisidagi işlarni körib çiqişga vakolatli bölgan ma'muriy sudlar taşkil etildi.
Içki işlar organlari tizimi isloh qilinib, ularning asosiy faoliyati fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta'minlaşga — «Xalq manfaatlariga xizmat qiliş»
Mavzuga oid
ga yönaltirildi.
Iqtisodiyotni rivojlantiriş va liberallaştiriş sohasida soliq tizimi isloh qilindi, halol soliq tölovçilar – xöjalik yurituvçi sub'yektlarga soliq ta'tillari berilişi nazarda tutildi.
Hududiy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş dasturlari doirasida 13.339 ta loyiha amalga oşirildi, 2,1 trln. söm kredit özlaştirildi, 10 ta erkin iqtisodiy zona, 5 ta kiçik sanoat zonasi taşkil etildi, «Peugeot» va «Citroyon» brendi bilan yengil tijorat avtomobillarini işlab çiqariş böyiça zavod barpo etilmoqda.
Ijtimoiy sohada faqatgina joriy yilning birinçi yarmida 2,7 ming km. avtomobil yöllari qurildi va ta'mirlandi, 84.300 ta iş örni yaratildi.
2017–2020 yillarda şaharlarda energiya jihatdan samarador arzon köp kvartirali uylarni quriş va rekonstruksiya qiliş dasturi amalga oşirilmoqda, uning doirasida 50 286 ta xonadondan iborat 1 136 ta köp qavatli uylarni, bundan taşqari, namunaviy loyiha asosida qişloq joylarida 75 ming turar joylarni quriş möljallangan.
Millatlararo totuvlikni ta'minlaş, çuqur öylangan, özaro manfaatli va amaliy ruhdagi taşqi siyosat yuritiş sohasida Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan döstlik aloqalari qömitasi taşkil etildi.
Yevropa Ittifoqi va 21 ta xorijiy mamlakat bilan savdo-iqtisodiy, investitsiya, texnologiya va moliyaviy-texnik sohalarda 22 ta «yöl xarita»lari tasdiqlandi.
«Taraqqiyot strategiyasi» markazi tomonidan boşqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda Harakatlar strategiyasini amalga oşirişning borişi haqida aholi, fuqarolik jamiyati institutlari va xalqaro jamoatçilikni keng xabardor qiliş işlari amalga oşirildi. Joylarda 6 mingga yaqin uçraşuvlar, ommaviy axborot vositalarida telekörsatuv va çiqişlar taşkil etildi.
Şu bilan birga, navbatdagi islohotlarni sifatli va oldindan rejalaştiriş uçun 2017 yil yakunlari böyiça erişilgan natijalarni çuqur örganiş va puxta tahlil qiliş zarur.
Harakatlar strategiyasini amalga oşiriş natijalari haqida aholi va jamoatçilikni keng xabardor qiliş, şuningdek, 2017 yilda mamlakatni rivojlantiriş yakunlarini sarhisob qiliş va 2018 yilda navbatdagi islohotlarni rejalaştiriş böyiça çora-tadbirlarni taşkil etiş maqsadida:
1. Harakatlar strategiyasini amalga oşiriş böyiça Milliy komissiya tomonidan barça darajadagi davlat hokimiyati organlari, nodavlat notijorat taşkilotlari, ommaviy axborot vositalari, fuqarolarning özini özi boşqariş organlari, ijodiy va ilmiy-tadqiqot muassasalari vakillari, keksa avlod, ayollar va yoşlarning faol iştirokida amalga oşirilayotgan Harakatlar strategiyasining dastlabki yakunlari ötkazilganligi ma'lumot uçun qabul qilinsin.
2. Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning ustuvor yönalişlarini amalga oşiriş böyiça komissiyalar «Taraqqiyot strategiyasi» markazi bilan birgalikda:
2017 yilning avgust-sentabr oylari davomida statistik va boşqa ma'lumotlarni yiğiş, qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni va barça darajadagi davlat organlari faoliyatining natijalarini örganiş, şuningdek, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari, ilmiy doira vakillari va xorijiy mutaxassislarni keng jalb etgan holda uçraşuvlar, «davra suhbatlari», sörovlar, ekspert va jamoatçilik muhokamalari ötkaziş orqali Harakatlar strategiyasini amalga oşiriş yakunlari tizimli tahlil qilinişini;
2017 yil 1 dekabrga qadar muddatda mamlakatni rivojlantiriş yakunlarini hisobga olgan holda «2017–2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasini «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili»da amalga oşirişga oid Davlat dasturining ijrosi» axborot-tahliliy şarhi naşr etilişi va tarqatilişini;
Harakatlar strategiyasini 2018 yilda amalga oşiriş böyiça işlab çiqiladigan Davlat dasturi loyihasiga kiritiş uçun taqdim etiladigan dolzarb takliflarning tayyorlanişi, yiğilişi va umumlaştirilişini, ularning 2017 yil 10 noyabrga qadar muddatda Harakatlar strategiyasini amalga oşiriş böyiça Milliy komissiyaga körib çiqiş uçun kiritilişini ta'minlasin.
3. Belgilansinki, Harakatlar strategiyasini 2018 yilda amalga oşiriş böyiça işlab çiqiladigan Davlat dasturi loyihasiga kiritiladigan takliflar faqat keng jamoatçilik bilan dastlabki muhokama qilingandan keyin körib çiqiladi.
4. Vazirlar Mahkamasi Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning ustuvor yönalişlarini amalga oşiriş böyiça komissiyalar bilan birgalikda uşbu farmoyişning ikkinçi bandida nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oşiriş böyiça davlat va xöjalik boşqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, nodavlat notijorat taşkilotlarining faoliyatini muvofiqlaştirişni ta'minlasin.
5. Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi quyidagilarni nazarda tutuvçi çoralarni körsin:
- xorijiy va xalqaro jamoatçilik örtasida «2017-2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasini «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili»da amalga oşirişga oid Davlat dasturining ijrosi» axborot-tahliliy şarhini tarqatiş, şuningdek, Harakatlar strategiyasini amalga oşiriş böyiça Milliy komissiyani xabardor qiliş uçun ularning fikrlarini keyinçalik yiğiş;
- Harakatlar strategiyasini 2018 yilda amalga oşiriş böyiça Davlat dasturi loyihasiga kiritiladigan takliflarni tayyorlaş jarayonida, zarurat bölganda xalqaro, çet el hukumat va nohukumat taşkilotlari vakillarini jalb qilgan holda, Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning ustuvor yönalişlarini amalga oşiriş böyiça komissiyalarga ilğor xorijiy mamlakatlarning tegişli tajribasini örganişni taşkil etişda kömaklaşiş.
6. Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning ustuvor yönalişlarini amalga oşiriş böyiça komissiyalarning asoslantirilgan takliflari böyiça Özbekiston Respublikasi Davlat byudjyeti hisobidan mazkur farmoyiş ijrosi bilan boğliq tadbirlarni moliyalaştiriş uçun mablağlar ajratsin.
7. Belgilansinki, Özbekiston Respublikasi Prezidenti devoni xizmatlari, Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralar rahbarlari, şuningdek, Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning ustuvor yönalişlarini amalga oşiriş böyiça komissiyalar a'zolari mazkur farmoyişda nazarda tutilgan vazifalarning öz vaqtida, töliq va sifatli bajarilişi uçun şaxsan javobgardir.
8. Mazkur farmoyişning ijrosini nazorat qiliş Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning ustuvor yönalişlarini amalga oşiriş böyiça komissiyalar rahbarlari zimmasiga yuklansin.