Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Özbekiston Respublikasida kosmik tadqiqotlar va texnologiyalarni rivojlantiriş çora tadbirlari töğrisida»gi farmoyişi imzolandi.
Farmoyişga köra, milliy kosmik fanini rivojlantiriş, mamlakatni innovatsion ravnaq toptiriş maqsadida Özbekiston Respublikasida kosmik tadqiqotlar va texnologiyalarni rivojlantiriş böyiça takliflarni tayyorlovçi Işçi komissiya tuzilmoqda.
Işçi komissisiyaning asosiy maqsadi — innovatsion ğoyalar, işlanmalar va texnologiyalarni tatbiq etiş böyiça soha iqtisodiy ösişning lokomotivi, xorijiy investitsiyalarni jalb qilişning qöşimça omiliga aylangan ilğor xorijiy davlatlar tajribasini örganiş, kosmik va yöldoşli texnologiyalar sohasida yagona davlat siyosatini örnatiş orqali kosmik sohani boşqariş ustidan butun bir tizimni yaratiş kabilarni nazarda tutadi.
Komissiya sun'iy yöldoşli aloqa milliy tarmoğini yaratiş, kosmonavtika yutuqlarini joriy etiş, kosmik va sun'iy yöldoşli texnologiyalar sohasida kadrlarni davlat-xususiy şeriklik asosida potensial xorijiy hamkor yordamida tayyorlaş böyiça ham takliflar yiğadi.
Komissiya raisi (boş vazir örinbosari S.R.Xolmurodov) Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vazirligi bilan ikki hafta içida kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar sohasida ilğor tajribaga ega bölgan yetakçi xorijiy kompaniyalar bilan uçraşiş masalasini işlab çiqişlari kerak.








